Venger: "Jiru hozircha to'liq tayyor emas"
05 avg 2014 11:04
Yangiliklar
Venger: "Jiru hozircha to'liq tayyor emas"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger, londonliklar hujumchisi Olive Jiruning "Monako"ga qarshi uchrashuvdagi o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.
Bu uchrashuvda "to'pchilar" 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
"Jiru bor-yo'g'i 3 hafta dam oldi, shu sababli u mavsumga tayyorgarlikni qiynalib boshladi. Bunday vaqtlarda futbolchi uchrashuvlarda ishtirok etib o'z tezligini yo'qotishi mumkin, chunki u to'liq tayyor emas. Ammo Jiruda ortiqcha vazn yo'q, chunki u mashg'ulotlarda yaxshi ishlayapti. U yaqin kunlarda optimal formasiga qaytadi" - deydi Venger.
Eslatib o'tamiz, "Emirates Cup" g'olibi "Valensiya" bo'ldi, "Arsenal" esa ikkinchi o'ringa egalik qildi.

Fikrlar