So’nggi yangiliklar

00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  0 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  1 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  0 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 23:14ПСЖ — "Атлетико". Таркиблар маълум  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  26 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  173 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб,, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  39 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  8 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0

Venger yozda ketadi. "Arsenal"ga kim bosh murabbiy bo'ladi? Yangiliklar

Venger yozda ketadi. "Arsenal"ga kim bosh murabbiy bo'ladi?

"Arsenal" rahbariyati yozda 22 yildan beri jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan franciyalik mutaxassis Arsen Venger bilan xayrlashmoqchi.

"To'pchilar" mavsum tugashini kutmasdan, ushbu joyga murabbiy izlashni boshlab yuborishgan.

"Monako" ustozi Leonardo Jardim, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov, "Seltik"da ishlayotgan mutaxassis Brendan Rojers va "Manchester Siti" yordamchi murabbiyi Mikel Arteta kelasi mavsumda "Arsenal"ni boshqarishi mumkin.

Venger buyog'iga shartnomasini oxirigacha ishlash uchun kurashadi. Franciyalik bitimi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

Biroq "Arsenal" rahbarlaridan biri kelasi mavsumni kutmoqchi emas va Venger 2018 yilning yozida jamoani tark etishini istaydi.

Mavsum oxiridagi natijalarga ko'ra, mutaxassisga imkon berilishi yoki u bilan xayrlashish kerakligi aniq bo'ladi. Biroq franciyalik boshqarayotgan jamoa joriy mavsumdagi o'yini bilan yaxshi taassurot qoldirmayapti.

Arsen Venger "Arsenal"ni CHempionlar ligasiga olib chiqsa ham bu etarli natija bo'lmasligi mumkin. Ammo turnir jadvalining hozirgi holatiga etibor bersak, "to'pchilar" Evropaning eng nufuzli musobaqada ishtirok etishi ham so'roq ostida. CHempionlar ligasi pley-off o'yinlarida ishtirok etish imkonini beruvchi 4-o'rinni "Tottenxem" egallab turibdi (55 ochko). "Arsenal" esa 10 ochko orqada.

Franciyalik uchun ayni damdagi eng maqul variant Evropa ligasi. Agar jamoa ushbu turnirda g'olib bo'lsa, sovrin qo'lga kiritadi va CHempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qiladi. Biroq 1/8 finalda "to'pchilar"ning raqibi Jannaro Gattuzo qo'l ostida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatayotgan "Milan" bo'ladi.

Venger bir amallab jamoani kelasi mavsum CHempionlar ligasida o'ynashini taminlay olsa, bu muzokaralar uchun sabab bo'lishi mumkin. Mutaxassis o'z joyini saqlab qolishi uchun imkonsiz vazifani uddalashi lozim, biroq o'tgan yozda shartnomasini uzaytirgan murabbiy jamoasi 7 oylik omadsiz o'yinidan so'ng, formaga kirishiga ishonish qiyin.

Joriy mavsum klub tizimida bir qator o'zgarishlar sodir bo'lgan. "Arsenal" ijrochi direktori Ivan Gazidis kasaba uyushmasiga rahbari lavozimiga Sven Mislintatni qo'ydi, shartnoma imzolash va muzokaralar bo'limida esa Xass Faxmi ish boshladi.

Bu yangi xodimlar Vengerning klubdagi imkoniyatlarini cheklab qo'ydi, ayniqsa yangi futbolchi xarid qilishda. Bu kishilar yozgi transfer oynasida faol bo'lishadi va Venger o'rniga ham munosib nomzod ishlashadi. Biroq klubning asosiy akciyadori Sten Kronke Venger ketishi yoki qolishi haqida so'nggi so'zini aytadi.

"Arsenal" ustozi Venger 2007 yilda amrikalik magnat Kronke klubga kelganidan beri uning qo'llab-quvvatlashidan foydalanadi. "To'pchilar" akciyalarining katta qismiga egalik qiluvchi bu kishi o'tgan yozda franciyalik mutaxassis jamoada qolishini taminlagan. Biroq savol tug'iladi - mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda Kronke murabbiyni qo'llashda davom etadimi? CHempionlar ligasisiz yana bir mavsum klubning moliyaviy imkoniyatlarini cheklaydi va bu Kronkening fikrini o'zgartirishi mumkin.

Klub akciyadorining o'g'li Josh Londonga ko'chib keldi va yakshanbada "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan Angliya liga Kubogi finalini ham kuzatdi. Milliarderning o'g'li "Arsenal"ni o'rganmoqda. Kronkelar oilasi katta obro'ga ega, ammo Josh klubda ish boshlasa, "to'pchilar" tizimida yana o'zgarishlar ro'y berishi mumkin.

Endi "Arsenal"ni faqat Arsen Vengerning o'zi boshqarmaydi. Franciyalik boshqaruv rolida bo'lsa, jamoaning natijalari yaxshilanmasligi mumkin.

Jamoaning bazi vakillari klubdan ketish niyatida, Aaron Remsi, Ektor Belerin kabi futbolchilar yangi jamoa izlashni boshlab yuborishgan.

Venger o'rniga klub sobiq hujumchisi, "Arsenal" afsonasi Terri Anri ham kelishi mumkin.

"Kim ham "Arsenal" bosh murabbiyi bo'lishni istamaydi?" degan edi Anri "Sky Sports"ning dushanbadagi ko'rsatuvida.

"Men "to'pchilar" muxlisiman, ammo men murabbiy bo'lishim aniq degani emas. Klubda nima bo'layotganini bilmayman, biroq kim bu ishga qiziqmaydi".

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика