Venger van Persini nega MYUdan "Arsenal"ga qaytarmaganini tushuntirdi
15 okt 2020 11:49
Yangiliklar


Venger van Persini nega MYUdan "Arsenal"ga qaytarmaganini tushuntirdi
"Arsenal" sobiq ustozi Arsen Vengerning aytishicha, niderlandiyalik hujumchi Robin van Persi 2015 yilda London klubiga qaytmoqchi bo'lgan.
"2015 yilda van Persi "Arsenal"ga qaytish istagi borligini aytib, menga qo'ng'iroq qildi. Ammo bu shunchaki imkonsiz bo'lgan, chunki u faoliyatni yakunlash arafasida edi. Biz pulni yosh futbolchilarga sarfladik", – dedi Venger.
Niderlandiyalik futbolchi 2004-2012 yillarda "Arsenal"da o'ynagan va keyinchalik 30 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan.
Robin "kanonirlar" tarkibida 194 o'yin o'tkazgan va 96 ta gol urgan. U futbolchlilik faoliyatini 2019 yili "Feyenoord"da yakunladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar