Venger Yevropa Superligasi haqida: “APLni sindirishmoqchi”

Eldor Akmurzayev
29 okt 2020, 19:55
“Arsenal” sobiq ustozi Arsen Venger Top-5 ligalari vakillari o'rtasida tashkil etilishi mumkin bo'lgan yangi musobaqani tanqid qildi.

“APL boshqa chempionatlardan ustun hisoblanadi. Ushbu ligalar APL yetakchiligini sindirishga harakat qilmoqda.

Bu jihatdan ular qiloladigan eng yaxshi ish APLni sekin-astalik bilan emirib boradigan Yevropa Superligasini yaratishdir. Shunday qilib, ular APL top-klublari bilan kelisha olishsa, bu amalga oshadi.

Biz klub rahbarlari sarmoyador bo'lgan davrda yashamoqdamiz. Ularning eng asosiy vazifasi esa pul ishlashdir. Yevropa Superligasi ham mablag'ga ega bo'lishning usullaridan biri hisoblanadi”, deydi Venger.

FIFA “Yevropa Premer-ligasi” turnirini tashkil etmoqchi, MYU va “Liverpul” esa bunga rozi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports