Venger: "Arsenal"ga sodiqligim uchun APLning bir nechta klubiga rad javobini berdim”
08 okt 2019 01:25
Yangiliklar


Venger: "Arsenal"ga sodiqligim uchun APLning bir nechta klubiga rad javobini berdim”
Arsenalning sobiq ustozi Arsen Venger to'pchilarga bo'lgan sodiqligi bois APL jamoalaridan kelib tushgan takliflarni rad etayotganini aytdi.
«Arsenal»ga sodiqman va undan keyin esa professionalman. Ishlashdan to'xtay olmayman. «Arsenal»ga bog'liqligim sabab, Premer-ligani tark etishga qaror qildim. Angliyada takliflar ko'p bo'ldi, lekin ularning barchasini rad etdim. Aynan qaysi klublar ekanligini ayta olmayman. Boisi, bunga ko'plab insonlar aralashgan va bu ularga nisbatan xurmatsizlik bo'ladi. FIFA ish taklif qilganiga keladigan bo'lsak, bu dunyoda futbolni rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi eng asosiy tashkilot. Tez orada qaror qabul qilinadi. Ular katta tajribaga ega hamda futbol haqida kerakli bilimi bor kadrlarni izlashmoqda”, – deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar