So’nggi yangiliklar

11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  0 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  10 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  12 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1

Venger "Arsenal"da ish boshlaganida APLning hozirgi murabbiylari qaerda bo'lishgan? Yangiliklar

Venger "Arsenal"da ish boshlaganida APLning hozirgi murabbiylari qaerda bo'lishgan?

Teglar :  ArsenalArsen Venger
Habaringiz bor, Arsen Venger 22 yillik faoliyati davomida APL jamoasida 17ta sovrin yutishga erishgan.

1996 yilda "Arsenal" ustozi bo'lgan Arsen Venger 2018 yil 30 iyuniga qadar klubni boshqardi va APLda eng ko'p o'yin o'tkazgan murabbiyga aylandi – 823 uchrashuv.

Hozirgi kunda bitta jamoada 20 yildan ortiq ishlash juda qiyin. "To'pchilar"ning franciyalik murabbiysiz maydonga tushib kelishiga hali ko'pchilik o'rganmadi. Albatta, 3 marotaba Angliya chempioni (1997/98, 2001/02, 2003/04), 7 martadan Angliya kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan 69 yoshli mutaxassis "Arsenal" klubi tarixida o'z nomini qoldirdi.

Keling, birgalikda Arsen Venger "Arsenal" bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan payt hozirgi APL menejerlari qaerda bo'lishganini ko'rib chiqamiz.

Unai Emeri (Arsenal)

Qaerda: "Toledo" (Ispaniya 2-divizioni)
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 24 yosh

Ushbu mavsumdan aynan "Arsenal" klubida Arsen Venger o'rnida ustozlik qilayotgan Unai Emeri 1996 yilda "Real Sosedad" klubiga o'ta olmaganidan so'ng, Ispaniya ikkinchi divizioni vakili "Toledo" bilan shartnoma imzolagan edi.

Eddi Hau (Bornmut)
Qaerda: "Bornmut"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 18 yosh

Eddi Hau 1995-2002 yillar oralig'ida o'zini futbolchi sifatida tanitgan "Bornmut" klubida harakat qilgan – 201 uchrashuv.


Kris Houton (Brayton)
Qaerda: "Tottenhem U-21"
Jamoadagi o'rni: murabbiy, 37 yosh

Houton 1993 yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan va 4 yil mobaynida "Tottenhem U-21" jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan. Uning murabbiylik debyuti Vengerning "Arsenal"ga qo'shilgan davriga to'g'ri keladi.


SHon Daych (Byornli)
Qaerda: "CHesterfild"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 25 yosh


Mauricio Sarri (CHelsi)
Qaerda: "Antelle" (Italiyaning havaskor jamoasi)
Jamoadagi o'rni: bosh murabbiy, 37 yosh

1996-1998 yillarda Italiyaning "Antelle" havaskor klubida ishlagan Sarri har uy uchrashuvidan so'ng, jamoa egasi restoranida kechki ovqatni shogirdlari bilan birga qilgan.

Marku Silva (Everton)
Qaerda: "Belenses" (Portugaliya klubi)
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 19 yosh


David Vagner (Haddersfild Taun)

Qaerda: "SHalke 04"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 24 yosh


David Vagner (o'ngdan birinchi)                                                                    David Vagner (o'ngdan birinchi)

Yurgen Klopp (Liverpul)
Qaerda: "Maync 05"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 29 yosh


Pep Gvardiola (Manchester Siti)
Qaerda: "Barselona"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 25 yosh


Joze Mourino
Qaerda: "Barselona"
Jamoadagi o'rni: murabbiy yordamchisi, 33 yosh



Rafael Benites (Nyukasl Yunayted)

Qaerda: "Osasuna"
Jamoadagi o'rni: murabbiy, 36 yosh


Mark Xyuz (Sautgempton)
Qaerda: "CHelsi"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 32 yosh


Mauricio Pochettino (Tottenhem)
Qaerda: "Espanol"
Jamoadagi o'rni: futbolchi, 24 yosh


squawka.com saytidan Nodir Abdurasulov tarjimasi

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика