Venger: "Arsenal" xaridlarni emas, o'z o'yini haqida o'ylashi kerak"
10 avg 2015 15:49
Yangiliklar


Venger: "Arsenal" xaridlarni emas, o'z o'yini haqida o'ylashi kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning malum qilishicha, "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa yangi xaridlar borasida o'ylashi kerak emas.
"Biz o'z o'yinimizni ko'rib chiqib, kamchiliklarni to'ldirishimiz zarur. Yangi futbolchilarni xarid qilish vaziyatni o'nglash degani emas, bu haqida xatto o'ylamaslik lozim. "Vest Xem" yaxshi harakat qildi, tabriklaymiz va tez orada o'yinimiz qaytishiga umid qilamiz. Qaytaraman, bunday mag'lubiyatdan so'ng xaridlarni emas, o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak" - deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar