"Veneciya" Nani bilan shartnomani bekor qildi
09 iyu 2022 12:50
Yangiliklar
"Veneciya" Nani bilan shartnomani bekor qildi
"Veneciya" rasmiy saytida hujumchi Luish Nani bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnoma bekor qilingani haqida elon qilindi.
35 yoshli portugaliyalik erkin agentga aylandi.
Nani 2022 yilning yanvarida "Veneciya" o'yinchisiga aylangandi. U A Seriya doirasida o'tgan mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Oldinroq, Nani "Orlando Siti", "Sporting", "Lacio", "Valensiya", "Fenerbaxche" va "Manchester Yunayted" jamoalarida o'ynagan.
Fikrlar