So’nggi yangiliklar

14:50"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади  0 14:08Испания терма жамоасининг яна бир футболчиси Саудияга йўл олишга яқин  1 13:39Ўзбекистон терма жамоасининг Гватемалага қарши ўйинлар учун таркиби маълум  0 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг яна бир футболчиси легионерга айланиши мумкин  11 12:49«Нефтчи» собиқ футболчиси «Хоразм» билан шартнома имзолади  1 12:21"Бизга қайноқ юрак ва совуқ бош керак"  6 11:52Роналду: "Бу охиргиси"  14 11:00«Тоттенхэм» Сон Хин Мин келажаги борасида бир қарорга келди  3 10:33Тўрт йилга футболдан четлатилган Поль Погба қайтиши борасидаги саволга жавоб берди  1 10:05Расман: МЮ янги бош директор билан шартнома тузди  8 09:38Бугун Ўзбекистон кубогининг нимчорак финал учрашувларига старт берилади  1 09:10Ўйиндан пенальти уролмаган Роналду кечаги қийин ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  27 08:43Расман. Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси очилди  29 08:18Копа Америка. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди  9 07:53Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  11

Vedran CHorluka: “Lokomotiv”da qora yoki oq kunlar bo'ladi” Yangiliklar

Vedran CHorluka: “Lokomotiv”da qora yoki oq kunlar bo'ladi”

Rossiya chempionatidagi eng yaxshi legionerlardan biri sanalgan xorvatiyalik himoyachi Vedran CHorluka “Futbol” haftanomasiga intervyu berdi. Unda Vitaliy Denisovning jamoadoshi bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.


- Sizda qizg'in yoz bo'ldi. “Bavariya, Fiorentina, Beshiktosh, Vest Xem, Spartak” kabi klublar sizga qiziqish bildirdi.

- Evropa chempionatidan keyin hamisha shunday. Barcha tomosha qiladi: yaxshi o'ynasang, etarlicha takliflar bo'ladi. Xorvatiya Evro-2016da yaxshi taassurot qoldirdi. Ha, biz omadsiz tarzda turnirdan chiqib ketdik, lekin bizni baribir yuqori baholashdi. Evropa klublari qiziqish bildirishdi. Biroq men hamon shu erdaman.

- “Lokomotiv”dan bo'lmasligingiz ham mumkin edimi?

- To'g'risimi? Ha. Rahbariyat almashishi boshlanganda qandaydir noaniqlikni his qildim. O'sha paytda menga bir necha klublar jiddiy qiziqish bildirishdi. Yakunda esa barchasi ijobiy tugadi – “Lokomotiv” bilan shartnomani uzaytirdim.

- Rossiya chempionati va Evropadagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan birisiz. Sizga eng yoqadigan London shahri jamoasidan, futbolchilar qirol sanaladigan Istambul, eng chiroyli shaharlardan biri Florenciyadan takliflar bo'ldi. Ko'p ishqibozlar va yaxshi moliyaviy imkoniyatga ega “Spartak” aloqaga chiqdi. Baribir “Lokomotiv”da qoldingiz. Nima uchun?

- Moskvada qanday paydo bo'lganimni eslaysizmi? 2012 yil “Tottenxem”da ishlarim joyida emasdi, “Bayer”da ijarada edim. Keyin Bilich va “Lokomotiv” menga hayotimdagi eng yaxshi imkoniyatdan birini taqdim qilishdi. Bu erda do'stlarim bor, ajoyib stadionga egamiz. Nima deyishmasin, Moskva ajoyib shahar. Eng muhimi, “Lokomotiv” uchun hali borimni bermadim, klubdan qarzdorman. Bu erda hamisha menga ishonishgan. Yozda esa ishonish navbati menga kelgandi.

- Barcha sovrinlarni “Dinamo” Zagreb bilan yutgansiz va “Lokomotiv”da kubokka ega chiqqansiz. Bu alamli bo'lsa kerak?

- Xorvatiya terma jamoasiga borganimda klubdagi ishlarimizni muhokama qilamiz. Modrich “Real” bilan, Rakitich “Barselona” va Manjukich “Yuventus” bilan erishgan sovrinlari haqida aytishadi. Birin-ketin boshqalar ham so'zlaydi. Men esa jim o'tirib, qachondir ularga chempionat va kubokni yutganimiz haqida aytib berishni orzu qilaman. Hozircha esa alamli, albatta. Aynan shuni to'g'rilash uchun qolishga qaror qildim.

- “Bu yil “Lokomotiv” uchun qiyin kechdi” – bu gapni har mavsumdan keyin gapirasiz. Jamoa uchun engil va baxtiyor bo'lgan davr qaysi?

- Kuchuk murabbiy bo'lgan paytda bizda Diarra o'ynardi. O'shanda jamoaning ko'p narsalarga qodirligini ko'rib, xursand bo'lgandim. Keyingi mavsum esa rasvoga aylandi. Nega unday bo'lganini tushunmayman, biz oldinga qadam tashlashimiz kerak edi. “Lokomotiv”da doim shunday: bizda o'rtalik bo'lmaydi, faqat qora va oq ranglar bor. Bazida nega klub ranglari aynan oq-qora emasligini o'ylayman (kuladi).

- Nega bunday?

- Bu mavsumni qanday boshlaganimizni eslaysizmi? Rahbar o'zgardi, uch oyda uch murabbiy, transfer oynasining oxirgi kunida uch futbolchi qo'shib olindi. Hayotimda biror marta qaysidir klub mavsumni shunday boshlaganini ko'rmaganman. Yangi rahbariyat muxlislarni qaytarishni xohlayotganini ko'ryapman, ijobiy o'zgarishlar mavjud. Biroq Rossiyada odamlar doim mo'jizaga ishonishadi va barchasini bir kun yoki oyda o'zgartirish mumkin deb o'ylashadi. Ularni tushunaman: ishqibozlar futbolka yoki chipta sotib olishadi, bizdan natija talab qilishga haqlilar. SHu bilan birga ular biror narsani amalga oshirish uchun vaqt zarurligini tushunishlari lozim.

- Olga Smorodskaya to'g'risida biror yomon so'z aytmagansiz. Lekin stadion tribunalarida nimalar ro'y berganini ko'rib, eshitgan bo'lsangiz kerak. Muxlislar klub prezidentiga qarshi urush ochganini ko'rganmisiz?

- Biz ko'r yoki kar emasmiz. Olga haqida yomon gap aytmayman. Uning jamoa uchun qayg'urgani va kubokni qo'lga kiritganimizda qanday xursand bo'lganini ko'rganman. Bir holatni aytib beraman. Kuchuk davrida uyda “Terek”ka qarshi o'ynayapmiz. Yutsak, birinchi o'ringa chiqib olamiz. Stadionga 7 mingcha ishqiboz kelgan. O'yinchilar uchun ularning har biri muhim. Biroq uchrashuv davomida tribunadan Olgaga qarata aytilgan so'zlar eshitilib turdi. Muxlislar fikrini hurmat qilaman, ammo 90 daqiqa barchasini unutib, o'yinga etibor qilish va muhim pallada jamoa bilan birga bo'lishning imkoni yo'qmi?

- Sizni Moskvaga Slaven Bilich olib kelgan. Hozir ham gaplashib turasizlarmi?

- Albatta. U mening futboldagi otam va Xorvatiya terma jamoasidagi ko'pchilik shunday deydi. Yoshlar terma jamoasiga meni chaqirganida 18 yoshda edim. Uning “Vest Xem”dagi faoliyatini kuzatib boryapman. U men yoki Modrichga qo'ng'iroq qilishi mumkin. Keyin bizga aytganlarini muhokama qilamiz.

- Murabbiy bo'lsangiz, Bilichga o'xshaysizmi?

- Murabbiy bo'lishni xohlamayman. Senda 25 inson bor va ularning xayolida nima ekani nomalum. Men faqat futbolchi Vedran CHorlukani bilaman. Mabodo murabbiyga aylansam, jamoamda CHorluka bo'lishini istamasdim. Murabbiyda esa 25 nafar futbolni yaxshiroq bilaman deb o'ylaydigan futbolchi bo'ladi.

- Bilichni hamma yoqtiradi. Nega?

- U rost so'zlaydi. Hamma narsani yuzingga aytadi va undan xafa bo'lishingga imkon qolmaydi. Senga baqirganda aybdor ekaningni tushunasan. Har bir o'yinchi biror narsani noto'g'ri qilganini payqaydi. Agar u xato qilganini tushunmasa, futbolchi emas, unda boshqa biror kasb bo'lishi darkor.

- Uning qo'l ostida 2012 yil Evropa chempionatida medalga ega chiqishingiz mumkin edi. CHorak finalda Turkiyaga imkoniyat boy berilgandi.

- O'sha kunni eslashni ham istamayman. Faoliyatimdagi eng yomon kun. O'yindan keyin kiyinish xonasida butun jamoa yig'lagandi. Mamlakat ham o'zini shunday his qilgan. Bu katta afsus keltirgan. 118-daqiqada gol urdik, to'pni saqlab turdik, darvozabonga oshirdik. Yana bir oz sabr qilishimiz lozim edi, ehtimol, Rakitich to'pni autga tepib yuborishi kerak bo'lgandi. O'sha uchrashuvda ko'plab imkoniyatlar bo'lgandi, biz esa to'p o'tkazib yubordik. O'sha o'yinni qayta tomosha qilmaganman. Faqat Turkiya bilan bellashuv arafasida telekanallar lavhalarni namoyish qiladi. Barchasi yana yodga tushadi. Futbolni shuning uchun yoqtiramiz deganda g'olib tomonda bo'lishni istagan holda bu gapni aytamiz.

- Ushbu yozda ham Portugaliyadan 117-daqiqada to'p o'tkazib, mag'lub bo'ldingiz.

- Bu boshqa holat. Uni o'sha alamli voqea bilan solishtirib bo'lmaydi. Faoliyatingda bir futbol fojiasi bo'lsa, boshqalarini qabul qilish osonroq kechadi.

- Rossiya uchun Franciyadagi Evro ishqibozlar jangiga aylandi. Zagrebda o'ynagan paytingiz shunday vaziyatga duch kelganmisiz?

- Ha, “Dinamo” – “Xayduk” to'qnashuvi Evropadagi eng keskin derbi bo'lsa kerak. Biz Splitga uchib keldik va tun davomida oynalar tagida “Xayduk” ishqibozlari baqirib chiqishdi. Avtobusdagi oynalarni urishdi. Bolqonda bu oddiy holat va barcha xotirjam munosabatda bo'ladi. Terma jamoa bilan Serbiyaga qarshi ham o'ynadik. O'shanda UEFA mehmon jamoa muxlislarining kelishini taqiqlab qo'ydi. To'g'ri qarorga kelishgan.

- Bolalikda ashaddiy muxlislar tribunasiga borishni istamaganmisiz?

- 8 yoshimdan boshlab “Dinamo” Zagrebning har o'yinini stadionda tomosha qilganman. Yomon so'zlarni aytganman, ammo hech qachon urushmaganman. Faqat ikki marta jamoa chempionlikni qo'lga kiritgach, maydonga yugurib chiqqanman. Ulardan biridan so'ng policiya meni tanib olgan va uyga jarima qog'ozi yuborgan. Bu 200-300 evro atrofida bo'lgandi.

- Evropa chempionatidan keyin Rossiya futbol mamlakati yoki yo'qligini muhokama qilyapmiz. Siz bularni eshitdingizmi?

- Ha, eshitdim. Biroq uni qanday aniqlaysiz? Stadionga tashrif bo'yichami? Angliya va Germaniyadan tashqari qaerda ular to'lmoqda? Ispaniyada faqat uch klub o'yinida anshlag kuzatiladi. “Xetafe”– “Levante”ga 7 ming ishqiboz keladi. Italiyada ham shunday: avval muxlislar ko'p tushardi, hozir yo'q. “Roma”– “Atalanta” bahsini 70 minglik stadionda 30 ming ishqiboz ko'radi. Muammo hammada bor. Sizlarda buni hal qilish uchun ajoyib stadionlar bo'ladi. CSKA, “Krasnodar”, “Spartak”, “Lokomotiv”– ularda yaxshi stadionlar mavjud va endi ishlash navbati klubning o'ziga kelgan.

- Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionatida qaysi shaharlarda o'ynashini istardingiz?

- Moskva va Sankt-Peterburgda.

- Saransk?

- Ha! Tanlash imkoni bo'lsa, Saransk oxirgi o'rinda turardi. Bu shahar va uning aholisini juda hurmat qilaman, ammo Rossiyada Moskva va Piter bilan hech qaysi joy tenglasha olmaydi. Keyin Sochi, Qozon va Ekaterinburg turadi. Men katta shaharlarni yoqtiraman. Masalan, darvozabon Gilerme shahar tashqarisidagi uyida xotirjam yashay oladi. Menda oilam kattalashsa, shunday qilishim mumkin. Hozir esa shahar markazi menga qulay. Atrofimda ko'plab odamlar bo'lishi, kafe joylashishi va qahva ichish uchun yaqinroq er bo'lishi muhim.Ehtimol, u erga chiqmasman, ammo shunday imkoniyatning borligini bilish muhim.

- Nima uchun shaharlar orasida Londonni yoqtirasiz?

- Fantastik shahar. U erda bir muammo bo'lgan – yo'l harakatining chap tarafda ekani. Mexanik qurilmali mashinada yurganimda chap qo'limda birinchi tezlik o'rniga ortga yoki uchinchi tezlikka ulab yuborardim. Londondan keyin Moskva va Nyu-Yorkni takidlagan bo'lardim.

- Instagramda qo'ygan bir suratingizda boshingizdagi qonni ko'rish mumkin.

- To'rt marta boshimni o'rashdi. Oxirgi safar murabbiyga bu nima bilan tugashini bilmasligini aytdim. U esa maydonda kerakligimni takidladi. O'sha suratni ishqibozlar uchun oldirdim. Ular Xorvatiya terma jamoasi uchun o'ynash bizga qanday muhimligini bilishlari uchun bu ishni qildim.

- Laqabingiz CHarli qaerdan paydo bo'lgan?

- O'n yoshimda futbo o'ynayotgan paytim otam “CHarli” deb qichqirgan. SHundan so'ng atrofda hamma shunday deb atashga o'tgan. 20 yildan beri shunday.

- Hozir 30 yoshdasiz. SHartnomangiz 4 yilga mo'ljallangan. “Lokomotiv” faoliyatingizdagi oxirgi klubmi?

- SHunday bo'lishini istardim. Biroq ikki yildan keyin klub mendan ko'ngli to'lmayotganini aytishi mumkin. Bir oydan so'ng nima bo'lishini tasavvur qilib bo'lmaydigan dunyoda yashayapmiz. 36 yoshgacha o'ynashni xohlayman. Lekin birinchi navbatda tayyorgarligim va tanamning holatiga etibor beraman. Uch yil avval Xorvatiyadan fizioterapevtimni olib keldim. U haligacha Moskvada yashaydi. U organizmim va ehtimoliy muammolarni to'liq biladi. Bu hamkorlik faoliyatimni uzaytiradi deb umid qilaman.

- Unga bu yillar mobaynida maoshni siz to'lab kelyapsiz, shundaymi?

- Ha, shunday. U Xorvatiya terma jamoasida ishlagan va “Dinamo” Zagrebda asosiy fizioterapevt edi. Unga Moskvada faqat men bilan ishlashini taklif qildim. Bu erda suniy maydonlar ko'pligi va muammolar bo'lishini bilardim. U taklifimga ijobiy javob bildirdi. Bazida uni bir martalik massaj uchun Peychinovichga ijaraga beraman, ammo keyin ortga qaytaraman.

- Peychinovich bilan do'stmisiz?

- U bilan bir tilda so'zlashamiz, bir jamoada o'ynaymiz. Do'st bo'lmasak, ajablanarli holat tuyulardi.

- Xorvatiyada serblar bilan do'stlikka xotirjam qarashadimi?

- Urushdan keyin ancha vaqt o'tdi. Hozir serb va xorvatlar bir-biriga xotirjam munosabatda. Moskvada Toshich bilan ko'p suhbatlashaman – qachondir bir mamlakat bo'lganmiz. Mentalitet, til, oshxona bir xil. Bu oddiy holat.

- Futboldan bezmadingizmi? Yaqindagina sinxron suzish bo'yicha Rio Olimpiadasi chempionlari basseynni ko'rishga toqatlari yo'qligini aytishgandi.

- Futbolchilar naqadar omadli ekanini o'zlari ham tushunishmaydi. Boshqa sport turlarida Olimpiada chempioni bo'lganlar bizga qaraganda ko'proq ishlashadi va kamroq pul olishadi. Bizga omad kulib boqqan: hamma futbolni yoqtiradi, uni tomosha qiladi. Homiylar biz tomon intiladi, futbolda pul ko'proq. Katta maosh olamiz. Bugun ikki soatcha mashq qildik va keyin tiklanish uchun uyga ketdik. Dunyo doim biz yoqtirgan narsa bilan shug'ullanish uchun qo'limizda. O'sha qizlar kuniga necha soat shug'ullanadi? O'ylashimcha, kuniga 7-8 soat. Engil atletika, basseynlar, dzyudo, boks. Ularda ish hajmi juda yuqori. Futbolchilarning esa omadi kulgan.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика