So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  94 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   17 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

"Student‘s Cup"ning starti Yangiliklar

"Student‘s Cup"ning starti

Teglar :  Student‘s Cup
Kecha Toshkentda "Student‘s Cup" musobaqasining 1-bosqichiga start berildi.

Dastlabki kun doirasida jami 21 ta uchrashuv o'tkazildi. Unda Oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yuzlab talabalar o'z oliygohlari sharafini himoya qilishdi.

 Dastlabki kundan anglashilgani shuki, bizga talabalarni keng miqyosda qamrab oladigan shunday turnirlar juda zarur ekan. Buni o'yinlarga nisbatan qiziqishning yuqoriligi yaqqol ko'rsatib turibdi.

O'z navbatida PFL tashkilotchilik masalasida Superligamizdagi professional klublarga master-klass o'tib berganini ham alohida takidlash kerak. Odatda chempionat bahslariga tashrif buyurar ekansiz arenaga o'zingiz bilan suv olib kira olmaysiz. Stadion ichidagi xizmat ko'rsatish talabga javob bermaydi. "Student‘s Cup"da esa muzqaymoqdan tortib, tamaddi uchun mazali eguliklargacha muhayyo. Tadbirkorlar ham, talabalar ham, ularning muxlis-u muxlisalari ham xursand.

O'yinlar orasidagi tanaffuslar vaqtida iqtidorli didjey katta sahnaga chiqib, barchaga yuqori kayfiyat ulashmoqda.

O'yinlar qizg'in kurash ostida o'tyapti. Ishtirokchi-talabalar bunaqa emociyalarni ancha paytgacha unuta olishmasa kerak.

Bu, ayniqsa, stadion chetida personal muxlisalari turgan yigitlar uchun ajoyib imkoniyat:)

Eng muhimi, hech kim musobaqaga o'tkinchi turnir sifatida qaramayapti. Hattoki, jamoalarning fan-klublari ham. Barchaning maqsadi chempionlik.

Xullas, "Bunyodkor" stadionidagi muhit barchaga yuqori kayfiyat bag'ishlayapti. Tashkilotchilikka gap bo'lishi mumkin emas. Bugun siz ham kelib, hordiq chiqaring.

Faxriddin tayyorladi

Suratlar O'zPFL matbuot xizmatidan olindi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика