So’nggi yangiliklar

16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  0 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1

"Vazifam – "So'g'diyona"ni yana raqobatbardosh jamoaga aylantirish". Ivan Boshkovichning O'zbekistonga qaytgandan keyingi ilk intervyusi Yangiliklar

"Vazifam – "So'g'diyona"ni yana raqobatbardosh jamoaga aylantirish". Ivan Boshkovichning O'zbekistonga qaytgandan keyingi ilk intervyusi

Yaqinda "So'g'diyona" Ivan Boshkovich bosh murabbiy etib tayinlanganini malum qildi.

CHernogoriyalik mutaxassis "Bunyodkor"dagi faoliyati bilan ko'pchilikka tanish. Fevral oyida u "qaldirg'ochlar" lagerini tark etgandi.

Championat.asia muxbiri Nikolay Egorichev Boshkovich bilan bog'lanib, undan qisqacha intervyu oldi.

- "So'g'diyona"ni boshqarish taklifi qanday tushdi?

- "So'g'diyona" salbiy natijalar ko'rsatgani uchun klub murabbiyi (Yorqin Nazarov – tahr.) bilan xayrlashdi. "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng menga jamoani boshqarish taklifi bilan murojaat qilishdi. Biz rahbariyat bilan gaplashdik, bir necha kun aloqada bo'ldik, lekin umuman olganda, tezda kelishuvga erishdik. Keyin O'zbekistonga keldim va "So'g'diyona" bilan shartnoma imzoladim. Lekin ilk bor taklif olganimda, menda uni qabul qilishga hech qanday shubha yo'q edi – chunki “So'g'diyona” yaxshi klub ekanini bilardim. So'nggi 5-6 yil davomida jamoa yaxshi natijalarni ko'rsatmoqda, u erda yaxshi tarkib yig'ilgan.

- "Bunyodkor"dan ketganingizdan keyin nima bilan shug'ullandingiz?

- Fevral oyida "Bunyodkor" bilan shartnomani bekor qildik, shundan so'ng bir muddat Toshkentda edim. O'sha paytda barcha jamoalar tarkibi shakllangan va ular mashg'ulotlar o'tkazayotgan edi, shuning uchun men yangi ish topish imkoniga ega bo'lmadim va oilam yashaydigan Tailandga qaytdim. Deyarli ikki oy davomida dam oldim, oilam bilan vaqt o'tkazdim.

- Ushbu mavsumda siz va "So'g'diyona" oldiga qanday maqsadlar qo'yilgan?

- Aytib o'tganimdek, "So'g'diyona" so'nggi mavsumlarda O'zbekiston chempionatining kuchli 5-6 jamoasidan biri. Murabbiy sifatida, albatta, o'z oldimga har doim eng yuqori maqsadlarni qo'yganman, lekin ayni damda men uchun asosiy maqsad – "So'g'diyona"ni yana raqobatbardosh qilish, har qanday raqib bilan tengma-teng o'ynay olish. "So'g'diyona" barqaror o'yin namoyish etishi uchun oxirgi paytlarda yuzaga kelgan turg'unliklarga yo'l qo'ymaslik kerak. O'ylaymanki, "So'g'diyona"ni klub munosib bo'lgan o'rinlarga ko'tara olamiz.

- Sizga boshqa klublardan ham takliflar bo'ldimi?

- O'zbekistondan hech kim qo'ng'iroq qilmadi. Menga boshqa davlatlardan qiziqishlar bo'ldi, ammo aniq bir takliflarga ega bo'lmadim.

- U erdan qanday ketganingizni hisobga olsak, endi "Bunyodkor"ga qarshi o'yin siz uchun qanchalik principial ahamiyatga ega bo'ladi?

- "Bunyodkor"da ishlaganim hech narsani o'zgartirmaydi. Men o'zimni va jamoamni har bir raqibga bir xil qarashga undayman. Biz hammamiz professionalmiz, hech qanday xafachilik yo'q. Asosiysi, "So'g'diyona" ijobiy natijalarga erishsin va bu qaysi jamoaga qarshi o'yinda qo'lga kiritilishi muhim emas.

- "Bunyodkor" futbolchilarini yaxshi bilasiz. Ulardan birini "So'g'diyona"ga taklif qilishning imkoni bormi?

- Hozir bu haqda o'ylaganim yo'q, chunki men jamoani endigina qabul qilib oldim. Iyungacha ishlaymiz, tahlil qilamiz, shundan keyin qaysi poziciyalarni mustahkamlashimiz kerakligi haqida bosh qotiramiz. Umuman olganda, men o'zbekistonlik har qanday futbolchini ko'rib chiqishga tayyorman. Asosiysi, futbolchi "So'g'diyona"ni kuchaytirishi. Albatta, "Bunyodkor"ning ko'plab yosh futbolchilarini bilaman. Agar ulardan biri jamoamizni kuchaytirsa, u holda uning transfer variantini ko'rib chiqishga tayyormiz.

Eslatib o'tamiz, Superliga 5-turi doirasidagi "So'g'diyona" – "Metallurg" bahsi bugun 15:30 da start oladi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика