So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Vazifa bajarildi - “Andijon” futbolchilari qanday fikrda? Yangiliklar

Vazifa bajarildi - “Andijon” futbolchilari qanday fikrda?

Birinchilik bahslarining 13-turida “SHerdor” jamoasini 5:1 hisobida mag'lub etgan “Andijon” oliy liga yo'llanmasini muddatidan avval hal etdi.
Natijada andijonliklar bir yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytishdi. Ayni paytda “Andijon” klubi lagerida kayfiyat alo darajada. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng jamoaning bir qator etakchi o'yinchilari o'z fikrlarini bildirishdi.

Rasul RAHMONOV (yarim himoyachi): - Oliy ligaga chiqishimizni hal qiladigan o'yinni uzoq kutgandik. “SHerdor”ga qarshi o'yinga boshqacha ruhda tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki g'alaba qozonsak oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishimizni yaxshi bilardik. Nafaqat “SHerdor”ga qarshi, balki hamma o'yinlar oson o'tgani yo'q. SHu jumladan, bugungi o'yin ham qiyin kechdi. Boisi hamma jamoalar bizga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Bugun barchamiz yutib oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga ishongandik va o'yinga shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Xudo shukr, muxlislarimizni xursand eta oldik. - Ilgari “UzDongJu” jamoasi bilan ham oliy ligaga chiqqansiz. Bu safar “Andijon” bilan yo'llanmani qo'lga kiritdingiz... - “Andijon” chempionatimizda o'z tarixiga ega bo'lgan jamoadir. Lekin baribir “Andijon” bilan kuchlilar safiga qaytish his-hayajoni boshqacha bo'ldi. - Keyingi mavsumda oliy liga “Andijon” uchun qanday bo'ladi deb o'ylaysiz? - Oliy ligaga shunchaki qaytmoqchi emasmiz. Qolaversa, Azamat Abduraimov bu yaxshi jamoa shakllantirdi. Umid qilamanki, kelasi yili kuchlilar safida “Andijon” oddiy jamoa bo'lmaydi.

Afzal AZIZOV (himoyachi): - Hozir his-hayajon juda kuchli. “SHerdor”ga qarshi bahs yil boshidan qilgan mehnatlarimiz samarasini ko'rsatgan o'yin bo'ldi. Albatta, oliy ligaga chiqish sharaf va bu yo'lda “Andijon”ning muvaffaqiyatiga ozmi-ko'pmi hissamni qo'shgan bo'lsam o'zimni baxtiyor his qilaman. Qolaversa, jamoadoshlarim ham yil boshidan muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilib qo'yishgandi. CHunki oldimizga qo'yilgan asosiy vazifa oliy ligaga chiqish edi. SHu bois yo'llanmani muddatidan oldin qo'lga kiritganimizdan juda xursandmiz. Agar bugun “SHerdor”ni yutadigan bo'lsak, chempionat yakunlanishiga uch tur qolganda vazifani bajarishmizni bilgandik. SHuning uchun mana shu o'yindayoq barcha masalani hal etishimizga ishongandik. Guvohi bo'lganingizdek, bugun chiroy o'yin namoyish etib 5:1 hisobida g'alaba qozondik. - Mavsum davomida sizlar uchun og'ir o'tgan o'yinlar ham bo'ldimi? - Boshida mavsumga kirishishimiz biroz qiyin kechgan ko'ringandi. Ammo 5-6 tur o'tgandan keyin jamoamiz o'z o'yinini topib oldi. Safarda “Oqtepa”, “CHust-Paxtakor” va “Mashal” jamoalariga qarshi uchrashuvlar oson o'tmaganini ko'rsatishim mumkin. Ayniqsa, birinchi liganing juda katta kamchiligi deb maydonning holatlarini aytib o'tgan bo'lardim. Masalan, CHust, Koson va Samarqanddagi stadionlarda maydonning holati yomonligi uchun ayrim uchrashuvlarda ochko yo'qotdik, bazilarida esa g'alabaga qiyinchilik bilan erishdik. Muhimi, oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. - Oliy ligaga chiqilgandan keyin endi tarkib ham shunga yarasha o'zgarishi kerak deb hisoblaysizmi? - Yil boshida elitaga qaytish asosiy maqsad qilingan bo'lsa, undan tashqari oliy ligaga javob beradigan jamoa shakllantirish ham vazifasi qo'yilgandi. O'ylaymanki, bu yil Andijonda ana shunday jamoa shakllandi. - Afzal Azizovning keyingi mavsumdagi rejalari qanday? - Xudoga shukr, maydonda yana bir necha yil o'ynashga kuch-quvvatim etadi. Jamoada faxriy futbolchilardan bo'lsam-da, hech kimdan qolishmaslikka harakat qilaman. Demoqchimanki, hali beri butsalarimni mixga ilish niyatim yo'q. Albatta, kelasi mavsumda oliy ligada ham “Andijon” jamoasiga yordamim tegsa o'zimni baxtiyor his qilaman.

Bahrom ABDURAHIMOV: (yarim himoyachi): - Ayni paytda jamoada hammaning kayfiyati alo. SHular qatorida men ham oliy liga yo'llanmasini hal qilganimizdan xursandman. Bugungi g'alaba va oldimizga qo'yilgan vazifani uddalaganimiz yil mobaynida qilgan mehnatimizning samarasi deb o'ylayman. Asosiysi, bir mavsum ichida kuchlilar safiga qaytdik. - Ushbu mavsumda ko'rsatayotgan o'yiningizdan qay darajada ko'nglingiz to'lmoqda? - Hech bir futbolchi o'zining o'yinidan to'la qoniqmaydi. Joriy mavsumdagi o'yinimni o'rtacha baholayman. Qolaversa, birinchi liga baribir birinchi liga. Eng asosiysi, oliy ligada o'zimizni ko'rsatishimiz kerak. Ilgari birinchi ligada o'ynamagandim va bu men uchun dastlabki mavsum bo'ldi. SHu bois oliy va birinchi liga o'rtasida farq borligini ko'rdim. Oliy liga bilan taqqoslaganda birinchi ligada to'p surish qiyinroq ekan. To'g'ri, birinchi ligada ham jamoalarni kuchsiz deb bo'lmaydi. Lekin boshqalardan bir bosh ustun ekanligimizni namoyish etdik.

Alisher TO'XTASINOV (yarim himoyachi): - Oliy liga vazifasini muddatidan oldin hal etib muxlislarni xursand qildik. Albatta, bunga osonlikcha erishganimiz yo'q. Yil boshidan mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rganimiz, bir-birimizni tushunib o'ynaganimiz hamda murabbiylarni to'g'ri ish olib borishi va albatta qilgan mehnatlarimiz evaziga vazifani uddaladik deb o'ylayman. “SHerdor” bilan o'yindan oldin oliy liga yo'llanmasini hal etishimizga 90 foizga ishongandik. Samarqandliklar ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozonib maqsadimizga erishdik. - SHaxsan o'zingiz uchun mavsum qanday o'tmoqda? - O'tgan yili olgan jarohatim mavsum boshidagi yig'inlarda o'z tasirini ko'rsatgandi. SHuning uchun chempionat boshida o'yinga kirishib ketishga biroz qiynaldim. Qolaversa, birinchi ligaga moslashish qiyin kechdi. Birinchi bosqich men uchun ko'ngildagidek o'tgani yo'q. SHunga qaramay o'z ustimda astoydil ishlab yaxshi formaga kirdim. SHu bois ikkinchi bosqichda hammasi yaxshi o'tyapti deya olaman. Misol uchun, ikkinchi bosqichda hozirgacha o'z hisobimga 9ta gol yozib qo'ydim. Dastlabki bosqichda esa 3ta gol urgandim. - Hozirdan oliy ligada o'tadigan keyin mavsum haqida o'ylayapsizmi? - Oliy va birinchi liga o'rtasida katta farq borligini aytishga xojat yo'q. Buni birinchi ligada o'tkazgan dastlabki mavsumimdayoq his qildim. Oliy ligada boshqacha o'yin ko'rsatiladi. SHuningdek, har bir jamoaning o'z o'yin uslubi bo'ladi. Birinchi ligada esa muammolar ko'p. Birinchi navbatda maydonlar muammosini aytish mumkin. Albatta, birinchi ligadan qaytgandan keyin kuchlilar safida oson bo'lmaydi. Oliy ligada o'z o'rnimizni topish uchun hammasi qishda qanday tayyorgarlik ko'rishimizga, murabbiylar qanday tarkibni tuzishlariga va asosiysi moliyaviy masalaga bog'liq bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика