Vatcke: "Klopp - Garri Potter emas, u jamoa tuzishi uchun 3 yil kerak"
10 mar 2016 18:10
Yangiliklar


Vatcke: "Klopp - Garri Potter emas, u jamoa tuzishi uchun 3 yil kerak"
Dortmundning "Borussiya" ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke nemis klubi sobiq ustozi Yurgen Kloppning "Liverpul"dagi ishiga baho berdi.
"Liverpul"da hamma kerakli narsalar bor - yaxshi futbolchilar, mablag', shu sababli murabbiyga shunchaki vaqt zarur. Unga 2-3 yil kerak bo'ladi, chunki Klopp Garri Potter emas. Yurgenning kuchli tomoni - jamoa ichidagi ajoyib atmosfera. Bu borada hech qachon muammo bo'lmagan.
Klopp "Borussiya"ga kelganida jamoa Bundesligada 13-o'rinni egallab turgan edi. Keyin uning birinchi mavsumida oltinchi bo'ldik, uchinchi yilda esa chempionlikka erishdik.
Yurgen doimo ter to'kib mehnat qiladi, "Liverpul" rahbariyatida esa sabr bor" - deydi Vatcke.
O’xshash yangiliklar
10:09
Flik "Barselona"ning "Sevilya" ustidan qo'lga kiritgan yirik hisobdagi g'alabasi haqida nima dedi? 7

Fikrlar