So’nggi yangiliklar

16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  0 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   5 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  2 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  10 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  16 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  8

Vatan manfaati faqat terma jamoalar-u, oddiy klublar birovning bolasimi? Yangiliklar

Vatan manfaati faqat terma jamoalar-u, oddiy klublar birovning bolasimi?

Tasavvur qiling, Angliyada so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Ko'rinishi taxminan shunday: “Siz Angliya milliy terma jamoasining katta muvaffaqiyatlari yo'lida Premer-Ligani qisman qurbon qilishga tayyormisiz? Yoki katta muvaffaqiyatlardan ko'ra Premer-Ligani afzolroq bilasizmi?”

Men ishonamanki, inglizlar ikkinchi variantda to'xtaladi. Ular har 4 yilda o'ynaladigan Evropa va Jahon CHempionatidan ko'ra ko'proq, har yili muntazam o'tadigan va har hafta dam olish kunlarida bo'ladigan tur o'yinlarini qadrlaydi. CHunki umr o'tib ketmoqda. 4 yil kutgan yirik musobaqalaringni yo ko'rasan borib yoki sharoiting ko'tarmaydi. Boz ustiga, maksimum 1 oyda mundial yakuniga etadi. Premer-Liganing yo'rig'i boshqa. U doim muxlislar bilan, inglizlar unga intilishlari shart emas, o'yinlarning o'zi ularga peshvoz chiqadi.

Bu ajoyib qarash, shuning uchun ham ispan grandlari qanchalik kuchli bo'lmasin, katta auditoriyani qamrab olish borasida APL baribir etakchiligini berib qo'ymayapti. Osiyoning shunday davlatlari borki, ularda “Xall Siti” degan klublarning fan klubi bor. Angliya futboli shuning uchun ham katta kuch.

Mana shuning fonida biz ham falsafamizga o'zgartirish kiritishimiz foydadan holi bo'lmaydi. Xursandmanki, muxlislar yillar davomida kuchli chempionat bo'lmagunicha, kuchli termani orzu qilib yuraverishimizni tushunib etdi. Biz 4 yilda bir o'tadigan Osiyo Kubogida nima qilamiz, aniq aytish qiyin. Biroq ichki chempionatni tinimsiz o'stirib, har birimiz uyimizdan uncha uzoq bo'lmagan masofadagi stadionlarda yaxshi futbol ko'rishimiz mumkin. Yoshlar va o'smirlarning xalqaro maydondagi natijalari nisbiylikdan boshqasiga yaramaydi. U bizda katta futbolchilar bo'ladi, bazida omad keladi, yo bo'lmasa raqibning uyini chiqmay qoladi. Ammo ko'ryapmizki, yakunda baribir yapon va koreyc futbolchilar kuchli beshlikka ketyapti, biz esa ularni ming yutganimiz bilan, futbolchilarimiz “Al-Dafra” yoki “An-Nimadir”dan nariga o'tmayapti. SHu farqni tushunib olishimiz kerak.

Ravshan Haydarov bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanidan chiqayotganimdayoq shu haqda yozish fikri kelgandi. CHunki u inglizlar tugul, ayrim muxlislar tushungan falsafaga ham etib kela olgan emas. Asosiysi terma jamoa deyishdan charchamayapti. Gap yana milliy haqida emas, 23 yoshgacha bo'lganlar haqida. Gap Olimpiada yo'llanmasi haqida emas, gap shunchaki Osiyo CHempionati ustida ketmoqda. Ro'ziqul Berdiev ham, boshqasi ham shuning uchun futbolchilarini indamay berishga majbur. Bermasa, kimdir uni xoinga chiqaranadi, boshqasi kun bermaydi. Mana shunday feodallar kasriga ham joyimizda turib qolamiz.


Aksincha, APL kabi klublar manfaatini yuqoriga olib chiqib, biz o'zi ishtirok etadigan hamma musobaqaga favorit sifatida boradigan termaga ega bo'lishimiz mumkin. Ha, Angliya termasi katta yutuqlarni qo'lga kirita olmayapti. Biroq inglizlarni futbolda baribir hamma hurmat qiladi. SHunisi zo'r emasmi?

O'ylab ko'ring, Mourino, Gvardiola, Venger yoki istalgan evropalik boshqa mutaxassisni oling, ular klubi g'amini eydi. Terma jamoa manfaatlari har narsadan ustun deb, ular o'z jamoalariga past nazar bilan qaramagani uchun ham butun dunyo ularni tomosha qiladi. Bizning Haydarovlarni esa hatto o'zimizda ham hech kim ko'rmaydi. Xulosa o'zingizdan.

P.S. Bo'lar ish bo'ldi. O'zbekiston termasi shu falsafa bilan Xitoyga ketadi. Jamoaga omad tilayman. Juda chempion bo'lganimizda ham, Dilshod Nuraliev o'smirlari Osiyoni zabt etgani misol, vaqti kelib bu yutug'imiz changga aylanib ketishiga ko'proq ishonaman. CHunki bizga kuchli liga va klublar kerak deb hisoblayman.

Muallif :
Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика