Vaskes: "Riberi 35ga kirgan, ammo 25 yoshli futbolchidek harakat qilmoqda"
26 apr 2018 11:50
Yangiliklar


Vaskes: "Riberi 35ga kirgan, ammo 25 yoshli futbolchidek harakat qilmoqda"
"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.
"Qiyin bo'lishini bilardik va yaxshi natijaga erishdik. Mening golli pasim? Qarshi hujum juda yaxshi bo'ldi, Marko Asensio menga pas berdi, men esa javob qaytardim va u hujumni yaxshi yakunladi.
Jamoadoshlarim tufayli o'ng qanot himoyasida osonroq o'ynay oldim. Riberi - ajoyib o'yinchi. U 35ga to'lgan, ammo 25 yoshli futbolchidek harakat qilmoqda.
O'tgan yili "Bavariya" javob uchrashuvida "Real"ga ko'p muammo tug'dirgan edi, shunday ekan yana bir marta yaxshi o'ynab, finalga chiqishimiz kerak" - deydi Vaskes.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar