VARsiz VAR. Rustam Lutfullin yana xato qildimi?
23 iyu 2022 12:15
Yangiliklar
VARsiz VAR. Rustam Lutfullin yana xato qildimi?
VARsiz VAR #1
Kecha “Navbahor” - “Metallurg” uchrashuvidagi vaziyat ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi.
Siz nima deb o'ylaysiz? VIDEO
VARsiz VAR #2
“Neftchi” - “Nasaf” uchrashuvida kiritilgan ikkinchi golda uchrashuv bosh hakami Rustam Lutfullin qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
Qoidalar kitobiga murojaat qilamiz:
O'yin qoidalari kitobi 2020/21 (amaldagi).
14-qoida. 11 metrlik jarima zarbalari.
11 metrlik jarima zarbasi amalga oshirilayotgan paytda ikki jamoa azosi qoidani buzsa penalti qaytatdan tepiladi.
Agar 11 metrlik nuqtadan zarba berayotganida faqat raqib (jarima tepayotgan) futbolchisi jarima maydonchasi ichiga kirib qayta zarbadan gol ursa, birinchi tomon erkin zarba tepadi.
Bu vaziyatda penalti qayta tepilishi kerak.
Rustam Lutfullin 9-turda “Qo'qon-1912” - “Paxtakor” o'yinidan keyin chetlatilgan va 12-turga kelib yana o'yinlarga tayinlangan edi.
VARsiz VAR #3
"Olimpik" - AGMK uchrashuvida "Olimpik" hujumchisi Otabek Jo'raqo'zievning urgan goli VAR orqali inobatga olinmadi. Sababi offsayd!
Fikrimizga ko'ra, bu erda offsayd yo'q edi...
Yuqoridagi uchta vaziyatda Sizning fikringiz qanday?
Fikrlar