Vardi Manchester Yunayted bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
26 apr 2016 07:47
Yangiliklar
Vardi Manchester Yunayted bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
Lester hujumchisi Jeymi Vardi Manchester Yunayted bilan bahsda ishtirok eta olmaydi.
Angliya futbol Associaciyasi futbolchini yana bitta o'yinga diskvalifikaciya qilishga qaror qildi. Vest Xem bilan o'yinda qizil kartochka olgan Vardi bosh hakam Jonatan Mossga qarab baqirgandi.
Bundan tashqari 28 yoshli ingliz 10 ming funt jarima to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Suonsiga qarshi bahsni Vardi qizil kartochka olgani uchun o'tkazib yuborgandi.
Fikrlar