Vardi ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2016, 15:40
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi Vardiga shunday jazo qo'llaydi. Shunday qilib, hujumchi "Suonsi" va "Manchester Yunayted"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborishi mumkin.

"Tulkilar" futbolchisi 56-daqiqada simulyaciya uchun ikkinchi sariq kartochkani ishlab olgan edi. Bundan so'ng hujumchi uchrashuv hakami Jonatan Moss nomiga haqoratli so'zlar aytdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph