Vardi Angliya terma jamoasiga chaqirilmaydi?!
13 jan 2020 14:30
Yangiliklar
Vardi Angliya terma jamoasiga chaqirilmaydi?!
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Lester" hujumchisi Jeymi Vardini terma jamoaga chaqirmoqchi emas.
Qariya futbolchi oldinroq xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlagan edi. SHu bilan birga Xarri Keynning jarohati Sautgeytni boshqa hujumchi izlashga majbul qilmoqda.
Sautgeyt Vardiga faqat o'ta og'ir vaziyatdagina murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Faqatgina Keyn katta turnirgacha ulgurmaganida va Temmi Abraxam jarohat olgan taqdirda Vardiga murojaat qilinishi mumkin.
33 yoshli Vardining o'zi ham terma jamoaga qaytish ishtiyoqida yonmayapti. Hujumchi joriy mavsum APLda 20ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 4ta assistga erishgan.
Fikrlar