Vardi 30 yoshdan keyin Premer-ligada 100 ta gol urdi. Bu chempionat rekordi sanaladi
24 okt 2022 01:09
Yangiliklar


Vardi 30 yoshdan keyin Premer-ligada 100 ta gol urdi. Bu chempionat rekordi sanaladi
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi 30 yoshdan oshganida Premer-ligada gol urish bo'yicha rekordni yangiladi.
35 yoshli hujumchi APLning 13-turida "Vulverxempton"ga (4:0) gol urdi va golli uzatmani ham amalga oshirdi.
SHu tariqa, Vardi 30 yoshdan so'ng Premer-ligada 100 ta gol urishga erishdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Ian Rayt (93), Alan SHirer (84), Frenk Lempard (82) va Teddi SHeringem (77)ni ortda qoldirdi.
Joriy mavsumda “Lester” futbolchisi ilk bor gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar