Varan: “Real”ni tark etganimdan afsuslanmayman”
23 iyu 2022 08:15
Yangiliklar
Varan: “Real”ni tark etganimdan afsuslanmayman”
“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varandan “Real”ni tark etgani uchun afsuslanadimi yoki yo'qligi haqida so'raldi.
“Yo'q, aslo yo'q. Futbolda o'zingga chaqiruv tashlashing kerak va rivojlanishga intilish lozim. Bitta klubdagi 10 yillik faoliyatimdan keyin yangi tajribaga ega bo'lishni xohladim.
APL – shunchaki fantastika, MYU esa buyuk klub. Qarorimdan hech qanday shubham yo'q edi.
Oldinda yangi mavsum, yangi start. Ishonch eng asosiysi, biz esa uni bir nechta o'yinni boy berganimizda yo'qotib qo'ydik. Biroq, bizda ulkan imkoniyatlar bor deb hisoblayman.
Yangi murabbiy ancha pozitiv ko'rinishda. U energiya va yuqori pressingni talab qilmoqda. Ehtimol bu agressivroqdir, ammo bizga haqiqatan bunday futbol juda yoqadi, shu tufayli boshlanishi yaxshi”, deydi francuz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar