Varan "Real" bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi
14 iyu 2021 20:50
Yangiliklar
Varan "Real" bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi
"Real" himoyachisi Rafael Varan klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Futbolchi Franciyaga qaytishni afzal ko'rmoqda va PSJ unga qiziqish bildirmoqda. Varanning transfer summasi 60 million evroga baholanmoqda.
Madrid klubi Rafael Varanga o'rinbosar izlamoqda. Asosiy nomzodlar — "Seviliya"dan Jyul Kunde va "Vilyarreal"dan Pau Torres. Ikkala futbolchi ham 60-70 million evroga baholanmoqda, shu sababli francuz o'yinchisi ketadigan bo'lsa, bu "qaymoqranglilar" uchun hech qanday muammo tug'dirmaydi.
Eslatib o'tamiz, Rafael Varan 2011 yilning yozida "Lans"dan "Real" safiga borib qo'shilgandi.
Fikrlar