Varan: "Mavsumni yaxshi o'tkazishi uchun "Real" ko'proq kuch sarflashi kerak"

Mirjalol Normatov
16 dek 2018, 14:53
"Real" himoyachisi Rafael Varan Primero doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'limda masalani hal qilish uchun "Real"da etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Biroq biz boshqa gol ura olmadik. Jamoa uch ochko uchun etarli darajada ishladi.

Biz vaziyatlar yaratyapmiz. Gollar esa o'zi keladi. Mavsumni yaxshi o'tkazishimiz uchun ko'proq harakat qilishimiz kerak.

So'nggi daqiqalarda Kurtua bizni goldan saqlab qoldi. Jamoadoshlarimning o'yinga bo'lgan qarashlaridan mamnunman", - dedi Varan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca