VAR xatolaridan eng ko'p jabr ko'rgan APL klublari aniqlandi
24 may 19:40
Yangiliklar
VAR xatolaridan eng ko'p jabr ko'rgan APL klublari aniqlandi
Bu jamoalarning yakuniy natijalariga tasir qilgan bo'lishi mumkin.
ESPN xabariga ko'ra, "Liverpul" o'tgan mavsum VAR xatolaridan eng ko'p jabrlangan APL jamoalari qatoriga kiradi. Angliya Premer-ligasi o'yinlaridagi asosiy voqealar bo'yicha komissiya shunday xulosaga keldi.
VAR hakamlari "Liverpul", "Brayton" va "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinlarda 4 ta xatoga yo'l qo'yishdi. Bu ligadagi eng yuqori ko'rsatkich.
Qarama-qarshi reytingni "Aston Villa", "SHeffild Yunayted" va "Nyukasl" boshqarib turibdi. VAR hakamlari ularning foydasiga 3 ta xato qilishdi.
Fikrlar