VAR xatolaridan eng ko'p jabr ko'rgan APL klublari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
24 may 2024, 19:40
Bu jamoalarning yakuniy natijalariga ta’sir qilgan bo'lishi mumkin.

ESPN xabariga ko'ra, "Liverpul" o'tgan mavsum VAR xatolaridan eng ko'p jabrlangan APL jamoalari qatoriga kiradi. Angliya Premer-ligasi o'yinlaridagi asosiy voqealar bo'yicha komissiya shunday xulosaga keldi.

VAR hakamlari "Liverpul", "Brayton" va "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinlarda 4 ta xatoga yo'l qo'yishdi. Bu ligadagi eng yuqori ko'rsatkich.

Qarama-qarshi reytingni "Aston Villa", "Sheffild Yunayted" va "Nyukasl" boshqarib turibdi. VAR hakamlari ularning foydasiga 3 ta xato qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN