So’nggi yangiliklar

16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  6 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  11 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  14 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  15 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  6 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3 11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  5 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1

VAR bizning do'stimiz...mi? Yangiliklar

VAR bizning do'stimiz...mi?

Teglar :  VAR
Jahon chempionati o'zining ilk kunlaridanoq bizga o'zining tempi va atmosferasini singdirib ulgurdi.

To'rt yil orzu qilib kutilgan jahon chempionati starti biz kutgandan ham shiddatli va ajoyib bo'ldi. Mundialgacha FIFA turli xildagi qarorlari bilan biz muxlislarni hayron qoldirishga ulgurdi. Ularning eng kutilmagani (balki kutilgani) VAR tizimi bo'ldi. FIFAning qarorini muhokama qilish yaxshi ish emas, biroq bu haqda yozmasa bo'lmaydi. Xo'sh, VAR tizimi bizga do'stmi yoki dushman? Keling bir fikrlab ko'ramiz.

VAR tizimi haqiqatdan ham futbol olamida o'zgacha yangilik sifatida olib kirildi. CHunki uzoq o'tmishdan beri hakamlarning qo'pol xatolari o'yinga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Bu esa futbolchilardan tortib, muxlislargacha barchaning asabiylashtirib yuborayotgandi. FIFA bu xatolarning o'rnini to'ldirish maqsadida hakamlarga ajoyib bir yordamchi yaratishga kirishdi va buni uddaladi ham - VAR.

Ammo “Har yaxshining bir yomon tomoni bor” deganlaridek vaqt o'tgan sari bu tizimning yaxshi tomonlari bilan birgalikda yomon tomonlari ham ko'zga tashlanmoqda.

Tan olish kerak, VAR tizimi o'yinni adolatli va haqqoniy o'tishini taminlaydi, turli xildagi g'irromliklarning oldini oladi. Bu esa biz muxlislarni ko'nglini xushnud qilayotgan bo'lsa-da, ko'plab futbolchilar bu tizimni qoralamoqda. Nega? Ularning fikricha bu tizim o'yin tempiga juda katta tasir ko'rsatar ekan. Futbol tempini, uning atmosferasini yashil maydonda to'p surayotgan inson hammadan ham yaxshiroq seza oladi. Tizimning o'yinga ko'rsatadigan tasiri haqida nimalar deyish mumkin... 

Tasavvur qiling o'yinning so'nggi daqiqalari, to'p qabul qilib olgan futbolchi o'ng qanot bo'ylab katta tezlikda oldinga bormoqda, so'ngra jarima maydonchasi ichiga qayrilib qaradi-da, to'pni jarima maydonchasi ichi tomon tepdi, jarima maydonchasi ichida jamoadoshi to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi va "Goooool“. Ammo qanot hakami o'z bayroqchasini ko'tarib o'yindan tashqari holat borligini malum qildi. 

Bosh hakam VAR tizimiga murojaat qildi. CHamasi 2 daqiqalik tekshiruvdan so'ng yon qanot hakami adashganligi ayon bo'ladi. Ana endi tomoshaning kattasi boshlanadi. Sal avvalroq gol nishonlashni boshlab, olamni larzaga solishga tayyor bo'lgan gol urgan futbolchining emociyasidan asar ham qolmaydi. Muxlislar esa yon qanot hakamiga “Pomidorlarni uloqtirishadi”. Bu so'zlar bilan VAR - emociyalarni o'ldiradi va futbolchilarning asabini taranglashtiradi demoqchimiz. Har qanday usulda ham buni isbotlasa bo'ladi.

Masalan kuni kecha bo'lib o'tgan Serbiya va Kosta-Rika (1:0) o'rtasida kechgan bahsga nazar tashlaylik. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Serbiya ikkinchi bo'limda Kolarovning kiritgan ajoyib goli evaziga g'alaba qozonayotgan edi. Hakam o'yinning asosiy daqiqasiga 5 daqiqa qo'shib berdi va so'ngi qo'shib berilgan 5 daqiqa ichida 2 marta VARga murojaat qildi. Endi mana shu vaziyatda mag'lub bo'layotgan Kosta-Rikaning ahvolini o'zingiz o'ylab ko'ring. Yana VARga murojaat qilingan vaziyatlarning bittasida hech qanday hodisa ro'y bermagan edi.

Nima bo'lganda ham VAR tizimini yaxshi tomonidan ko'ra yomon tomoni ko'proqdek tuyilmoqda. CHunki biz muxlislar futbolni nima uchun ko'ramiz? Oz bo'lsa-da futbol atmosferasidan bahramand bo'lish va oz bo'lsada o'yin tempini o'zimizda his qilish uchun ko'ramiz bu qanchalik quvonchli ekanligini esa haqiqiy futbol muxlislarigina tushunishadi.

Insavaliev Otabek

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика