So’nggi yangiliklar

23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  2 22:45ЕЧЛ. "Брест" ва ПСЖ плей-оффда ўзаро тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  12 22:43ЕЧЛ. Мбаппе, Вини, Беллингем. "Реал"нинг "Манчестер Сити"га қарши таркиби маълум  14 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  1 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  17 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  5 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  1 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  39 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  5 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7

VAR aralashib penalti qo'yilgan, markaziy o'yinga mos bo'lmagan “Navbahor” – “Paxtakor” o'yini haqida Yangiliklar

VAR aralashib penalti qo'yilgan, markaziy o'yinga mos bo'lmagan “Navbahor” – “Paxtakor” o'yini haqida

Teglar :  Navbahor Paxtakor
Hash-pash deguncha O'zbekiston Superligasi 5-tur o'yinlariga ham etib keldik.

Turning dastlabki va shubhasiz markaziy uchrashuvi Namanganda “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasida kechdi.

Markaziy o'yindan kutilmagan 1-bo'lim haqida

Uchrashuvning ilk daqiqalari markaziy o'yin nomiga mos ravishda boshlanmadi, ochig'i. Har ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan, to'p nazoratini saqlagan holda boshlandi uchrashuvni. Toshkentliklar OCHL oldidan biroz bo'lsa-da kuch saqlab o'ynashgandek tuyuldi. Aslida, “sherlar” o'tgan turda ham “Metallurg”ga qarshi o'yinda shunday harakat qilishgan edi. Namanganliklar raqiblarining bunday o'yin ko'rsatishidan foydalanishi mumkin edi, biroq ular ham sokinlik, xotirjamlik bilan harakatlanishdi. 1-bo'limning o'rtalariga kelibgina sal bo'lsa-da shiddat qo'shildi o'yinga. 23-daqiqada Sardor Rashidovning jarimadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi. Keyinroq har ikki jamoa futbolchilari raqib jamoa darvozabonlarini sinashni boshladilar. 30-daqiqada Islom Isoqjonov jarima maydonchasining tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, Quvvatov esa o'z o'rnida edi. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas CHeran qanotdan to'pni Rashidovga uzatdi, o'z o'rnida Sardor Farruhga qulay qilib tashlab berdi, ammo Sayfievning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi. 41-daqiqaga kelib esa o'yinda hisob ochildi. Abror Ismoilov boshlab bergan hujumni Sardor Rashidov davom ettirdi. Jarima maydonchasiga kirib to'pni biroz orqaroqqa, Sobirxo'jaevga uzatdi. Aynan to'p uzatilgan pallada SHarof Muhiddinovning to'pga tegmagani ham aqlli harakat bo'ldi. Sobirxo'jaevning CHeranga uzatgan to'pini Dragan 16 metrlardan darvozaning chap yuqori burchagiga aniq yo'lladi. SHundan so'ng boshqa aytarli vaziyat bo'lmadi va markaziy o'yindan kutilgan bo'limlarning birinchisi yakunlandi.




Bahsli yakun – 2-bo'lim haqida


Uchrashuvning ikkinchi qismi ham 1-bo'limning dastlabki daqiqalari kabi boshlandi. “Navbahor” jamoasi garchi mag'lub bo'layotgan bo'lsa-da oldinga o'tish bobida ha, deganda omadi chopavermadi. 71-daqiqaga borib esa hisob tenglashdi. “lochin”lar jarima maydonchasining ichida ajoyib hujum tashkil etishdi. G'ofurovning uzatmasini Islom Isoqjonov chiroyli tarzda gol urdi. Hisob tenglashgach biroz bo'lsa ham shiddat oshishidan umid qilgandik. Biroq bu safar ham kutganimizdek bo'lmadi, toki 84-daqiqada Sardor Rashidov raqib jarima maydonchasida yiqilmaguncha (yiqitilmaguncha, deb o'qisa ham bo'ladi). Rashidov jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o'tib, ikkinchisidan o'tmoqchi bo'lganida raqib futbolchisi unga qo'pollik ishlatdi chog'i, yiqildi. Hakam esa dastlab o'yinning davom ettirilishini so'radi, biroq VAR’dagilar ushbu vaziyatni qaytadan ko'rib chiqishdi. Deyarli 6 daqiqa davomida turli rakurslardan ko'rilgan vaziyat yakunida bosh hakam Firdavs Norsafarov penaltiga ishora qildi. Undan esa Dragan CHeran foydalan oldi va hisob o'zgardi – 1:2. Muxlislar, futbolchi-yu murabbiylarning etirozlari kuchaya boshladi. 2-bo'limga qo'shib berilgan 5 daqiqadan ham ko'proq o'yin bo'ldi va 98 daqiqada uchrashuv yakunlandi.

Bahs yakunlanganidan so'ng hakamlarni stadionda tartibni saqlash xodimlari maydondan olib chiqib ketishdi. Namanganlik muxlislar esa hakamlarni “siylashdi”, “shirin so'z”lar va turli buyumlar bilan. SHuningdek, o'yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhalarda namanganlik muxlislar o'z etirozlarini namoyish etishdi.




Futbol mutaxassislarining fikrlari

1 aprel kuni O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev o'z telegram-kanalida “Navbahor” va “Aral” samali uy o'yinlarida muxlislar o'zlarini nomaqbul tutishda davom etishsa, ularning navbatdagi uy uchrashuvlari tomoshabinlarsiz o'tkaziladi” mazmunida post qoldirib, unda “Namanganlik futbol muxlislari faollik borasida mamlakatimizda etakchi ekaniga shubha yo'q. Ularning samimiyligi va futbolga bo'lgan mehri albatta o'zgacha. Ammo guruch kurmaksiz bo'lmagani kabi, ular orasida bir nechta o'zini tuta bilmaydigan, tartib-qoidalarga amal qilmaydiganlari ham bor. Bir necha ming muxlis ularning kasriga stadiondan uzoqlashishi albatta achinarli bo'ladi. SHundan kelib chiqib, muxlislar faollari mana shunday kishilarga vaziyatni to'g'ri tushuntirishga harakat qilishlari o'rinli bo'ladi”, degan edi.

Nodirxo'ja Yo'ldoshev esa o'z telegram-kanalida O'zbekiston chempionatidagi VAR tizimi ishlashi haqida yozdi: “VAR ishlatishimizga xali ancha erta ekan toki rostakam VAR kabi 14-16 ta kameraga ega bulmaguniga kadar. Bitta epizod 6 minut kurildi. Lekin penalti bor edi”.




Murabbiylar fikri

Piter Xyuistra: "Hakam yaqqol penaltini bermaganidan hayron bo'lgandim"

Viktor Jalilov: "Bugungi o'yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman" 


Keyingi tur oldidan

Namanganliklar kelasi turni ham o'z maydonida, “Turon” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ayni vaqtda turnir jadvalida “Navbahor” 5 o'yindan so'ng 1 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat bilan 4 ochkoga ega. Yaypanliklar esa 4 ta o'yin o'tkazib, 1 durang va 3 mag'lubiyat ko'rsatkichi bilan, 1 ochkoga ega. Jamoa 5-turni AGMKga qarshi o'tkazadi.

“Paxtakor” jamoasi esa 14 apreldan 29 aprelga qadar OCHL guruh bosqichlarida ishtirok etish uchun BAAga jo'nab ketadi.





Og'abek Samisov

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика