"VAR 1-2 daqiqa emas, undan ko'p vaqtni olib qo'ymoqda. "Lokomotiv"ning g'alabali seriyasi boshlanadi, degan umiddaman". Azizbek Amonovning derbidan oldingi fikrlari
14 apr 2021 12:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631038_original.jpg)
![](/upload/storage/631038_220.jpg)
"VAR 1-2 daqiqa emas, undan ko'p vaqtni olib qo'ymoqda. "Lokomotiv"ning g'alabali seriyasi boshlanadi, degan umiddaman". Azizbek Amonovning derbidan oldingi fikrlari
Odatda jamoa bir nechta o'yinda ochko yo'qotsa muvaffaqiyatsizlik girdobiga tushib qoladi va ushbu holat klubni bir necha tur davomida taqib qilishda davom etadi. Lekin bitta g'alaba yakunda barchasini yuvib ketishi mumkin. Jamoa va futbolchilar g'alaba tuyg'usini his qilib olishi natijasida mag'lubiyatlar iskanjasidan chiqib ketadi. Bunday pallada ayrim klublar murabbiyni istefoga chiqarish bilan echim topishga urinishadi.
"Lokomotiv" 4ta turda 2ta durang, 2ta mag'lubiyat natijasini qayd etdi. Ertaga jamoa poytaxt derbisida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Ayni vaqtda ikki jamoada ham deyarli bir hil holat hukumron ekanligini hisobga olganda uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy kechishini taxmin qilsak bo'ladi. Mazkur bahs oldidan "temiryo'lchilar"ning yarim himoyachisi Azizbek Amonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Jamoa o'tgan turda Termizda ilk uch ochkoga ega chiqdi. Yuqorida takidlaganimizdek jamoa ketma-ket ochko yo'qotishi natijasida qiyin vaziyatga tushib qoladi va undan chiqib ketishi qiyin kechadi. Bitta yutuqdan so'ng g'alabalar seriyasi boshlanadi. "Lokomotiv" uchun shunday vaqt etib keldimi?
- To'g'ri aytdingiz. "Surxon" bilan o'yinga qadar bizda shunday vaziyat mavjud edi. Termizda g'alaba uchun bor kuchimizni ishga soldik va maqsadimizga erishdik. Lekin "Lokomotiv" mag'lubiyatlar girdobiga tushib qoladigan jamoa emas. Bu jamoada hattoki o'rtoqlik uchrashuvida ham g'alaba uchun to'p tepiladi. Xudo xohlasa siz aytganingizdek g'alabalar davomligini taminlashga harakat qilamiz. Oldinda yanada qiyin bahslar kutmoqda. O'ylaymanki barchasi ko'ngildagidek bo'ladi.
- Bosh murabbiy Mikael Sekeyrani tushunish qanday bo'lyapti? Uning talablari mahalliy o'zimizning murabbiylarnikidan qay darajada farq qilmoqda? Bilishimizga qaraganda hattoki futbolchilarning ovqatlanishga ham jiddiy qarayotgan ekan...
- Ushbu mutaxassis uchun ichki muhitda tartib-intizom birinchi o'rinda turadi. Har bir murabbiyning o'z uslubi va falsafasi bor. Unga ko'nikish va ko'rsatmalarini bajarish futbolchining vazifasi hisoblanadi. O'zimizning mahalliy murabbiylarimizni ham yaxshi saviyada, deya olaman. Taqqoslash qiyin baribir.
- Portugaliyalik murabbiyning aynan qaysi jihatlarini to'liq anglab olish qiyin kechmoqda?
- Hozirda barcha ko'rsatmalarini va talablarini tushunyapmiz. Murabbiy ilk kelgan kunlarida biroz qiyin
- Superligada 5ta tur ortda qoldi. Qaysidir manoda jamoalarga, ularning ishtirokiga qarab baho berish vaqti keldimi? Hususan "Lokomotiv"ga...
- Yo'q. Sababi chempionatimizning darajasi va saviyasi yildan yilga ko'tarilib bormoqda. 3-4 yillik qilingan mehnat mevasini bermoqda. Avvallari ko'pgina klublar har mavsum yangitdan jamoa shakllantirardi. Hozirda unday emas. Jamoalarla tizm ishlamoqda. "Lokomotiv"da hozir to'p tepayotgan futbolchilarning aksariyati bir necha yildan beri bir-biri bilan bitta jamoada o'ynamoqda. To'g'ri joriy mavsum boshida tarkibga yangi kuchlar jalb qilindi. Ular bilan vaqt o'tgani sari yanada yaxshiroq tushunib olamiz.
- Ertaga Toshkent derbisida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" qarama-qarshiligini ko'ramiz. Ikki jamoa uchun ham masuliyatli o'yin hisoblanadi. Mehmonlar hali safarda g'alabaga erishmagan bo'lsa, maydon egalari o'z maydonida raqiblarini mag'lubiyatga uchratgani yo'q...
- To'g'ri. "Lokomotiv" hali uydagi uchrashuvlarda g'alaba qozongani yo'q. Muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Bunyodkor"ni kuchsiz jamoa demagan bo'lardim. Derbida ikki jamoa ham g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi.
- VAR tizimi qo'llanilmagan avvalgi mavsum va bu yil VAR ishtirok etayotgan chempionatimiz o'rtasida qanday tafovutni ko'ryapsiz?
- VAR bo'lgani yaxshi. Lekin bizda takroriy vaziyatlarni yaqqol ko'rsatib berishga qiynalishmoqda. Sabab kameralar kamligidani yoki ularning sifatsizligidami, bilmadim. Namangandagi vaziyat bunga misol bo'la oladi. Eshitishimga qaraganda VAR uzog'i 1 yoki 2 daqiqada qaror chiqarishi kerak. Biroq bizda 7-8 daqiqaga cho'zilib ketatganini takidlash joiz. Balki vaqt o'tgani sari barchasi iziga tushib ketar.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar