So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Vaqtinchalik ishsizlar: 7 nafar taniqli erkin agent Yangiliklar

Vaqtinchalik ishsizlar: 7 nafar taniqli erkin agent

Transfer oynasidan so'ng kimlar bilan shartnoma imzolab bo'lishi haqida gaplashamiz.

Transfer oynasi yopiq. Ammo, klublarda hali ham tarkibni kuchaytirish uchun variantlar bor. Bozorda har qanday vaqtda shartnoma imzolash mumkin bo'lgan erkin agentlar o'z soatlarini kutishmoqda. Masalan, Diego Kosta deyarli "Vulverxempton"ga o'tdi. 

Ammo, ular orasida boshqa etarli darajada taniqli shaxslar ham bor. Ular haqida hozir gaplashamiz. 7 nafar hoziroq shartnoma imzolash mumkin bo'lgan erkin agentlar.


Jeyson Denayer


Tajribali himoyachilar hozirda yuqori darajada qadrlanadi. SHu sabab Denayerning klubsiz qolishi g'alatiroq. 27 yoshli markaziy himoyachi iyulda "Lion"dan ketdi va shundan beri erkin agent maqomida yuribdi. Belgiyalikda yuqori darajada o'ynash bo'yicha katta tajriba bor. 

U "Sanderlend", "Seltik", "Galatasaroy" va "Lion"da o'ynashga ulgurgan va 139ta o'yinda 8ta gol urishga erishgan. Denayer — erkin agentlar ichida eng qimmati. U 14 million evroga baholanmoqda. Futbolchiga APL va A Seriyadan qiziqish bor, ammo u hali ham ishsiz yuribdi.



Dan-Aksel Zagadu


Klub topa olmayotgan yana bir taniqli himoyachi. Zagadu iyulda Dortmundning "Borussiya" klubidan ketdi va hali ham ishsiz yuribdi. Hozirgacha 23 yoshli markaziy himoyachini hech kim hech bo'lmasa rotaciyaga olmagani ham qiziq. Francuz yosh, ammo malum tajribaga ega. 

U Bundesligada 94ta o'yinda maydonga tushgan. O'yinchiga "Inter" va "Roma"ning qiziqishi xabar qilindi, ammo italyan klublari u bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy harakat qilmadi. Ammo, Simone Inzagi Milanga yana bir himoyachini olib kelish zarurligini aytgan edi.



Denni Rouz


Rouzni ingliz futboli muxlislari yaxshi bilishadi. U Premer-ligada 202ta, CHempionshipda esa 32ta o'yinda maydonga tushdi. 32 yoshli chap qanot himoyachi ijarada ko'p yurdi. U "Piterboro", "Bristol", "Sanderlend", "Tottenxem" va "Nyukasl"da o'ynagan. Futbolchining so'nggi klubi "Uotford" bo'lgandi va u jamoani erkin agent maqomida tark etdi. 

Rouz hech qachon Angliyadan tashqarida o'ynamagan, ammo Premer-ligada unga hozircha katta qiziqish yo'q. Tajribali fulbekni CHempionshipga taklif qilishga tayyorlar, ammo u katta ehtimol bilan yaxshiroq taklifni kutadi.



Fabian Delf


Angliyaning ikki karra chempioni hozircha ishsiz. Delf ham Rouz kabi deyarli butun faoliyatini APLda o'tkazgan. 32 yoshli xavbekning so'nggi klubi "Everton" bo'lgan edi va u Mersisayd jamoasini iyulda tark etgandi. U bunga qadar "Manchester Siti", "Aston Villa" va "Lids"da o'ynagan. 

Delf Premer-ligada katta tajribaga ega, ammo hech qaysi klub hozircha unga jiddiy qiziqish bildirmayapti. Bu boshqa ligalarga ham taaluqli. Ammo, bu vaqtinchalik bo'lishi mumkin. Tajribali yarim himoyachida albatta faoliyatini davom ettirish uchun qiziqarli taklif chiqishi kerak.



Xatem Ben Arfa


Ben Araf tez-tez klubini o'zgartiradi. Francuz Liga 1, APL va La Ligada o'ynashga ulgurdi. 35 yoshli xavbekning so'nggi ish joyi "Lill" bo'lgan edi, u ushbu jamoada o'tgan mavsumning ikkinchi qismini o'tkazdi. Ammo, futbolchining u erdagi ishlari yaxshi ketmadi. 

Ko'p ham o'ynamagan Ben Arfa aprelda murabbiy bilan ham urushdi. U 1 iyulda erkin agentga aylandi. Xatem katta ehtimol bilan takliflarni kutadi, sababi u faoliyatini yakunlash haqida malum qilmadi. Ammo, unga katta qiziqish bildirilmayapti.



Yosip Ilichich


Ilichich uzoq vaqt "Atalanta" uchun muhim o'yinchi bo'ldi. Sloveniyalikning bir mavsumda gol+pas tizimida 20dan ortiq ochko jamg'argan paytlari bo'ldi. Ammo, uning ishlari so'nggi paytlarda pasaydi. Yakunda, tomonlar xayrlashishga qaror qilishdi. 34 yoshli xavbek yozgi transfer oynasi paytida bergamoliklarni tark etdi va erkin agentga aylandi. 

Ilichichning shaxsiy muammolar sabab faoliyatini yakunlashi mumkinligi aytildi, ammo futbolchi bu malumotni rad etdi. Sloveniyalik hali butsalarini mixga ilmoqchi emas. Ammo, shu bilan birga uning faoliyatini qaerda davom ettirishi malum emas.



Endi Kerroll


Kerrollning shonli kunlari allaqachon ortda qolgan ko'rinadi. Ammo, bu uning boshqa hech kimga kerak emasligini anglatmaydi. Endi — tajribali forvard. U faoliyatini faqat Angliyada o'tkazdi. 33 yoshli hujumchi "Nyukasl", "Preston", "Liverpul", "Vest Xem", "Reding" va "Vest Bromvich"da o'ynagan. 

Kerroll iyuldan beri erkin agent maqomida yuribdi. Forvardda Angliyaning oliy ligasida katta tajriba bor, ammo u CHempionshipga borishga ham uyalmaydi. Bu yigitning faoliyatini yakunlashiga hali erta, shu sababi uni yana Angliya maydonlarida kutamiz.





Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика