So’nggi yangiliklar

22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  0 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  0 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  13

Vanda Nara: Ikardi salmoqliroq maoshga munosib Yangiliklar

Vanda Nara: Ikardi salmoqliroq maoshga munosib

Inter hujumchisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara klubning munosabatidan norozi.

Uning Corriere dello Sport nashri muxbirlari bilan suhbatda takidlashicha, milanliklar o'tgan yili erining shaxsiy shartnomasi bandlarini qayta ko'rib chiqish xususida vada berishgan, biroq hozirda etarlicha naf keltirayotgan hujumchini sotish varianti ustida bosh qotirishmoqda. Vanda Nara ayni payt 3ta rolni muvaffaqiyat bilan bajaryapti: u avvalo, ona, qolaversa, Mauro Ikardining hamxonasi va shaxsiy agenti. Umuman, Nara xonim argentinalik 23 yoshli hujumchi bilan 4 nafar farzandni tarbiyalashmoqda. Aytish joiz, ulardan 3 nafari Vandaning avvalgi turmush o'rtog'i - Maksi Lopes bilan nikohidan. Qolaversa, futbol olamidagi eng mashhur juftliklardan biri beshinchi farzandni ham kutyapti. Vanda oxirgi vaqtlarda Italiya ommaviy mediasining doimiy mehmoniga aylanib qoldi. CHunonchi, uning eri, yani mijozi Inter bilan shartnomasi muddatini uzaytirmoqchi, biroq shunga qaramay, jamoadan ketishi ham hech gap emas.



- Vanda, Mauro nima uchun Inter bilan xayrlashmoqchi?

- Bunday emas. Mauro aslida Milanda qolishni istaydi, men ham. Afsuski, meni josusga chiqarmoqchilar, vaholanki, biror marta xufyona ish tutmaganman. Inter yaxshisi, bor haqiqatni aytishi kerak. Biroq klub ayni holatda Ikardi sotilmaydi qabilidagi soxta bayonot ortida boshqa jamoalar bilan yashirincha muzokara olib boryapti...

- Biroq shartnoma muddati uzaytirilganidan bir yil o'tiboq eringiz maoshini oshirishlarini talab qilganingiz rostmi?


- Ha, biz kelishuv bandlarini qayta ko'rib chiqishni so'radik, chunonchi, klub vakillari o'tgan mavsum shunday qilishga so'z berishgandi. Aniqroq aytsam, Auzilio va Fassone shartnomani o'zgartirishlarini aytishgandi. Zero, hozirgi maosh miqdori Ikardining transfer narxiga muvofiq emas. Qolaversa, uni bosh­qa futbolchilarga belgilangan gonorar bilan taqqoslash ham kulguli. O'tgan yili klub etarli mablag' zaxirasiga ega emasligini aytishgach, vaziyatni tushunib, shartni qabul qilgandik. Biroq endi kelishuvni buzmaslik kerak-da. Axir biz imidj huquqining 50 foizini sotishga va standart miqdordagi maoshga rozi bo'lgan edik.

- Inter sport direktori Pero Auzilio yaqinda ham Ikardi sotilmasligi haqida bayonot berdi. O'zi real takliflar bormi?


- Klub mening gaplarimni go'yoki, asossizdek ko'rsatmoqchi. Biroq rahbarlar oldida Mauro bo'yicha tushgan takliflar etarli. Umuman olganda, klublar bilan ishlash mening vazifam emas. Faqat, Ikardining shartnomasi xususida gapirishim mumkin. Atletiko, Real, Tottenxem va Arsenal klublarining erimga jiddiy qiziqishayotganini bilaman. Endi ular qatoriga Roma hamda Napoli jamoalari  qo'shilishdi..

- Yuventus bilan olib borilgan muzokaralar-chi? Ularning natijasi o'xshamadimi?


- Yuve ancha katta summa taklif etdi - 50 mln. evrodan ko'p. Garchi Inter inkor qilayotgan bo'lsada, bu haqiqat.

- Xo'sh, Mauro Turinga ko'chib o'tadimi?


- Qaytaraman, u Interda qolmoqchi, men ham Milan shahridan ketmoqchi emasman. Ikardi doimo o'zini munosib tutishga o'rgangan, yani ortiqcha injiqlik qilmaydi. SHunday holatda klub nega uning hurmatini joyiga qo'ymayapti?

- Kechirasiz-u, so'zlaringiz ohangidan Mauro oxir-oqibat, Inter­dan ketadigandek tasavvur uyg'onyapti.


- Ikardi bu jamoa va shaharni sevadi, shuning uchun ketishga uncha xohishi yo'q. Men ham o'rtadagi shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi tarafdoriman. CHunonchi, Milanda yashash har tomonlama qulay - farzandlarimiz uchun ham, o'zim uchun ham. Ayniqsa, hozirgi holatimda ko'chishni xohlamasdim. CHunki beshinchi farzandni kutyapmiz. O'zingiz o'ylang, shu holatda 4 nafar bola bilan boshqa shaharga ko'chish osonmi? Biroq Mauro bilan o'z qadrimizni bilamiz, pul masalasiga ham munosabatimiz joyida. Ha, oilamiz kambag'al emas, ammo o'ta boy ham hisoblanmaymiz. SHunday ekan, kelajak haqida o'ylashga haqqimiz bordir...


- Ko'rinishidan, Auzilio bilan kelishuvga erishishingiz qiyinga o'xshaydi. Endi nima qilmoqchisiz?

- Imkoniyat tug'ilishi hamono Inter sohiblaridan biri bilan gaplashib ko'raman. Ular Mauroni sotishni istamasliklari tayin. Axir erim klub ramzi va yuzi-ku. Uning tutgan o'rni Yuventusdagi Pogbaniki bilan teng. Ustiga-ustak, klub nega endi o'z vadasi ustidan chiqmasligi kerak? Axir kelishuv puldan muhim-ku.

- Umuman, yaqin kunlarda Inter vakillari bilan aloqaga chiqdingizmi?


- Xaver Zanetti erimga qo'ng'iroq qilib, xavotirlanishiga hojat yo'qligi va hammasi izga tushishini aytibdi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Ikardining o'zini yaxshi his etishi va Interda qolishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman.

- Bu ishga jiddiy qarayotganingiz sezilib turibdi. Xo'sh, asosiy faktor nima - Ikardining eringiz ekanligimi yoki mijozingiz bo'lgani...?


- Yo'q-yo'q, asosiy masala o'zaro hurmatga borib taqaladi. Albatta, turmush o'rtog'imga agentlik qilishimda o'ziga xos qiyinchiliklari bor. Qolaversa, oilamiz katta. Xohlasak-xohlamasak, bu mavzu-muammoni uyda ham ko'tarishga majbur bo'lamiz. SHunday ekan, barchasini imkon qadar tezroq hal etishimiz zarur.

- Biznes va uy ishlarini teng olib borish qanday ekan?


... Intervyuning to'liq qismini "Interfutbol" gazetasining saytida o'qish mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика