Van Persi APLda o'zining 140-golini urdi
09 dek 2014 13:16
Yangiliklar


Van Persi APLda o'zining 140-golini urdi
"Manchester Yunayted" va Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Robin van Persi Angliya Premer ligasidagi o'zining 140-golini urdi.
Bu natijaga u "Sautgempton" bilan o'yinda (2:1) dubl qayd etgani tufayli erishdi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli hujumchi 2004 yilda "Feyenoord"dan "Arsenal"ga ko'chib o'tadi. O'shandan beri futbolchi Angliya chempionatida 267 ta o'yin o'tkazgan. U 2012 yilda Londonni tark etib, "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylangan.

Fikrlar