Van Gal: "Van de Bekda Pogba va Brunudagi sifatlar yo'q"
13 dek 2020 12:16
Yangiliklar


Van Gal: "Van de Bekda Pogba va Brunudagi sifatlar yo'q"
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal vatandoshi Donni van de Bekning mankunianliklar tarkibiga o'tganini xato deb hisoblaydi.
"Umid qilamanki, uning vaqti keladi. Biroq hali ham noto'g'ri tanlov amalga oshirgan deb hisoblayman. Buni keyinchalik ham qaytarib ayta olaman.
Xo'sh, tarkibda Pogba va Brunu bor ekan, van de Bekka qaerdan joy topa olasiz? Unda Pogba va Brunu kabi sifatlar yo'q.
Van de Bek o'zini ko'rsata oladigan boshqa top-klublar ham bor", - dedi van Gal.
Donni ushbu mavsumda APLning 8 o'yinida 1 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 4

Fikrlar