

"O'zgarishlari bo'lishi uchun meni jamoa ustozi qilishgani to'g'ri. Men turli taktikalar tuzishim mumkin, ammo gol ura olmayman. "Manchester Yunayted"dek klub g'alaba qozonishi kerakligi haqida gaprishyapti. Klubni hozirgi holatini tahlil qilish lozim. Ayni damda Premer-ligada katta sarmoya va kerakli strukturaga ega klublarning soni oshgan. Har bir klub bizning futbolchimizni xarid qila oladi. MYUda pul ko'p deyishadi, bu to'g'ri, ammo boshqa klublar bizga qarshi yanada yaxshi harakat qilishga intiladi. Shu sabab, klublar o'rtasidagi farq ancha kamaygan. Turnir jadvalining pastki qatoridan joy olganlar yuqoridagilarni mag'lub eta oladi" - deydi van Gal.



