Van Gal: "Murabbiylik faoliyatimni yakunlayapman"
11 mar 2019 14:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/482589_original.jpg)
![](/upload/storage/482589_220.jpg)
Van Gal: "Murabbiylik faoliyatimni yakunlayapman"
Mashhur gollandiyalik murabbiyi Lui van Galning so'zlariga ko'ra, u faoliyatini yakunlayapti.
"Murabbiylikni tugatyapman. Xotinim meni chet eldagi ishga kuzatish uchun 22 yil oldin ishlashni to'xtatgan. Ayolimga 55 yoshda nafaqaga chiqishimni aytganman. Hozir 65dan oshdim, endi davom ettira olmayman.
Futbolchilar kabi xotinim ham Lui van Gal bilan yashashga haqli. Hozir u juda baxtli" - deydi van Gal.
67 yoshli van Gal faoliyati davomida "Ayaks", "Barselona", AZ, "Bavariya" va "Manchester Yunayted" kabi klublarni boshqargan. U ikki marta Gollandiya terma jamoasi ustozi sifatida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar