Van Gal: "Falkao faqat 20 daqiqa o'ynashga tayyor"
08 dek 2014 12:12
Yangiliklar

Van Gal: "Falkao faqat 20 daqiqa o'ynashga tayyor"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui Van Gal Radamel Falkaoni tanqid qildi.
28 yoshli kolumbiyalik futbolchining ijarasi uchun "qizil iblislar" "Monako"ga 6 million funt to'lashdi. Radamel Manchesterda haftasiga 280 ming funt maosh olmoqda. Biroq Falkao hozirga qadar Van Gal jamoasiga u qadar katta foyda keltirmayapti.
Falkao "Yunayted" safida 7ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Radamel hech bir bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynagani yo'q. Kolumbiyalik futbolchi o'z holatidan qoniqmayapti va zaxira jamoasida o'ynamoqchi emas. Lekin Van Galni futbolchining fikri qiziqtirmaydi.
"Uning fikri men uchun qiziq emas. U mening falsafamga mos bo'lishi kerak. Buni tushunmayapsiz? Aynan shu bois men bu erdaman".
"Jamoa qaydnomasida qaysi futbolchilar kerak ekanini men hal qilaman. Falkao hozircha APLda atiga 20 daqiqa o'ynay oladi xolos", - deydi Van Gal The Telegraph nashriga.

Fikrlar