Van Deyk: "Van De Bekka "Manchester Yunayted"dagi faoliyatida omad tilayman"
31 avg 2020 23:57
Yangiliklar
Van Deyk: "Van De Bekka "Manchester Yunayted"dagi faoliyatida omad tilayman"
"Liverpul" futbolchisi Virjil van Deyk "Manchester Yunayted"ga o'tayotgan vatandoshi Donni van de Bek haqida gapirdi.
"Donniga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Ushbu transfer nafaqat o'zi, balki, Niderlandiya futboli uchun ham katta yutuq. "Manchester Yunayted" - ajoyib ananalarga ega ajoyib klub. Uning "Manchester Yunayted"dagi faoliyatiga ulkan omad tilayman. SHu jumladan, "Manchester Siti"ga o'tgan Natan Ake borasida ham shunday deyman", - dedi van Deyk.
"Manchester Yunayted" yaqin kunlar ichida Donni van de Bekni "Ayaks"dan sotib olishga yaqin turibdi. Yozgi transferlar oynasi vaqtida niderlandiyalikni "Real" transfer qilish uchun ancha vaqt harakat qilgandi.
Van de Bekning transfer narxi 40 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar