Van Deyk: “Raqib haqiqatan ham yaxshi o'ynadi”
01 mar 2020 09:51
Yangiliklar
Van Deyk: “Raqib haqiqatan ham yaxshi o'ynadi”
“Uotford”ni alohida takidlab o'tish joiz – ular haqiqatan yaxshi o'ynashdi, kurashishdi, vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilishdi va uchta gol urishdi. Haqiqat shuki, biz ularga qarshi hech qanday chora topolmadik. Albatta bu biz uchun og'ir, ammo biz yanada yaxshiroq o'ynay olishimizni ko'rsatishimiz kerak.
Ikki marta autdan to'p o'yinga kiritilgan vaziyat... Vaziyatlarni qayta ko'rib chiqishimiz lozim, vahimaga o'rin yo'q. Biz gol o'tkazishni istamaymiz, barchasini tahlil qilamiz.
Rekord haqidagi barcha gap so'zlar bu hammasi matbuot uchun qiziqarli. Biz har bir o'yinda g'olib chiqishni istaymiz.
Endi keyingi o'yinga – Angliya kubogi doirasida “CHelsi”ga qarshi bahsga etiborni qaratamiz va g'olib chiqishga urinamiz. Har doim bosiq bo'lib qolishimiz va yanada qattiqroq mehnat qilishmiz lozim”, dedi van Deyk.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar