Van Deyk mish-mishlarni rad etdi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2019, 18:10
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk klub bilan yangi bitim borasida kelishib olgani yolg'onligini ma'lum qildi.

"Hozir muzokaralar o'tkazilmayapti. Bunday narsalar menga bog'liq emas. OAVda klub bilan yangi shartnoma borasida kelishib olganim haqida o'qib qoldim. Biroq bunday emas. Hozir bor e'tiborimni jamoaning navbatdagi o'yinlariga qaratmoqchiman. Ko'ramiz, keyin nima bo'lar ekan" - deydi van Deyk.

Oldinroq, "Liverpul" Virjil van Deykka yillik maosh 11,6 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports