van Deyk, Fabino va Jons "Nyukasl"ga qarshi o'ynamaydi. Ular koronavirusga chalingan bo'lishlari mumkin
17 dek 2021 00:30
Yangiliklar
van Deyk, Fabino va Jons "Nyukasl"ga qarshi o'ynamaydi. Ular koronavirusga chalingan bo'lishlari mumkin
APL o'yinlari o'zining eng qiziq pallasiga kirayotgan bir paytda koronavirus yana avj ola boshladi.
"Liverpul" klubining bir necha futbolchilari koronavirusga qarshi shubhali test topshirishdi. Virjil van Deyk, Fabino va Kyortis Jonsda ehtimoliy koronavirus virusi borligi malum bo'ldi. Hozirda bu futbolchilar izolyaciya holatida va bugun "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olishmaydi.
Bu futbolchilarning shubhali test natijalaridan so'ng, barcha hodimlar va futbolchilar qayta test topshirishdi. Ammo, hech kimda koronavirus aniqlanmadi. Yuqoridagi futbolchilar esa jamoadan ajratilgan va qaytadan test topshirishadi.
APL o'yinlarining katta qismi boshqa sanaga qoldirilayotgani, bazi klublar esa virus o'chog'iga aylangani ko'pchilikka malum.
Fikrlar