Van Deyk: "Bugun kechgacha hammasi joyida edi"
10 dek 2022 16:10
Yangiliklar
Van Deyk: "Bugun kechgacha hammasi joyida edi"
"Liverpul" markaziy himoyachisi Argentinaga qarshi bahsning penaltilar seriyasida birinchi bo'lib to'pga yaqinlashdi va raqib darvozaboni Emiliano Martinesni dog'da qoldira olmadi. U sardorlar bahsida Lionel Messiga imkoniyatni boy berdi va jamoasining muvaffaqiyatsizligiga asosiy sababchilardan biri bo'lib qoldi. Van Deyk mashg'ulotlar jarayonida hammasi joyida bo'lgani va ular penaltilarga qattiq tayyorlanishganini bildirdi. U o'yindan so'ng qo'yidagilarni aytib o'tdi:
"Biz buning uchun juda ko'p mashq qildik. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Faqat kechgacha. SHundan keyin bunday bo'lgani juda xafa qiladi. Bu juda og'riqli. Afsuski, futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Yana mashq qilishda davom etish vaqti keldi va men aynan shunday qilaman".
Fikrlar