Van der Sar "Ayaks"dan ketdi
30 may 2023 19:55
Yangiliklar


Van der Sar "Ayaks"dan ketdi
"Ayaks" matbuot xizmati ijrochi direktor Edvin van der Sarning klubdan ketganligi malum qildi.
"Direktorlar kengashidagi 11 yillik faoliyatim yakuniga etdi. SHu davr mobaynida biz birgalikda og'ir va ajoyib onlarni boshdan kechirdik. "Ayaks"da birga ishlagan insonlarimdan minnatdorman. Barcha yutuqlarga birgalikda erishdik.
Ishlardan biroz chalg'ib, dam olishni istayman. SHunday muhim pallada bunday qaror chiqarish men uchun ham yoqimli bo'lmadi", - dedi van der Sar.
Ushbu mavsumda "Ayaks" birorta sovrinni qo'lga kirita olmadi. SHuningdek, klub 14 yil deganda ilk marta ECHLga yo'llanmani qo'lga kiritmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar