So’nggi yangiliklar

19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  7 19:30Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Машъал" — "Андижон" 1:0 (матли трансляция)  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  8 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  4 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  2 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2

Van der Sar: "Ayaks" qiyin davrlarni boshdan kechirdi" Yangiliklar

Van der Sar: "Ayaks" qiyin davrlarni boshdan kechirdi"

Amsterdam klubi bosh direktori, sobiq darvozabon Edvin van der Sar klubning yozdagi yo'qotishlari haqida gapirib o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, klub jamoa ustozi Erik ten Hag, shuningdek, top-o'yinchilar Antoni va Lisandro Martinesni "Manchester Yunayted"ga boy berganidan so'ng qiyinchilikka duch kelgan. Mutaxassis qo'yidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

"Albatta, biz yo'qotgan o'yinchilarimiz soni tufayli bu eng qiyin oyna bo'ldi, deb ayta olamiz. Biz o'z poziciyamizni yaxshi bilamiz. 

CHet ellarda to'lanadigan mablag' va oylik-maoshlarga qarshi tura olmaganimiz bois asosiy o'yinchilarimizning ilib ketilishiga to'sqinlik qila olmaymiz". 

SHuningdek, 57 mln evro evaziga boshqa klub safiga borib qo'shilgan himoyachi Martines haqida ham klub rasmiysi tomonidan aniqlik kiritildi: 

"Biz uni yana bir yil olib qolishni niyat qilgandik. SHuning uchun Lisandro uchun birinchi kelgan taklif – "Arsenal"ning taklifi qatiy rad etildi. Biz uni saqlab qolish uchun qattiq kurashdik".

95 mln evro mablag' hisobiga “MYU” azosiga aylangan vinger Antoni haqida esa quyidagicha gapirdi:

"Bu iqtisodiy qaror edi, biroq uni qabul qilish qiyin bo'ldi. Biz qiziqish borligini bilardik, lekin bu darajada ekanidan xabarimiz yo'q edi. Uning o'rniga munosib o'rinbosar topishga juda kech edi. Biz Antoni tanlagan yo'lni to'g'ri, deb hisoblamaymiz, biroq "Ayaks"ni tark etgan har bir o'yinchining muvaffaqiyat qozonishi nihoyatda muhim, bu bizni yaxshi tomondan aks ettiradi".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика