Van de Bek “Real”ga o'tadimi?
05 apr 2020 09:21
Yangiliklar
Van de Bek “Real”ga o'tadimi?
“Men klubda o'zimni yaxshi his qilishim kerak. Ular men bilan kelishuvga erishishni istayotganliklarini tushunib turibman. Albatta, bu jamoada to'p tepish barcha uchun yoqimli. Ammo men hali ispan tilini o'rganish kursiga yozilganim yo'q. Men hali hech kimga “ha” deb javob berganim yo'q. Bu masala hozircha ochiq turibdi. Meni “Ayaks”da sevishlarini bilaman va meni ham klubga bo'lgan hurmatim cheksiz”, deya van Bekning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Ilgariroq futbolchi yozgi transfer oynasi vaqtida 55 million evro evaziga “Real”ga ko'chib o'tishi haqida aytilgandi. Van de Bek “Ayaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Erediviziyada 23 ta uchrashda maydonga tushib, 8 ta golga mualliflik qildi. 22 yoshli futbolchiga shuningdek, “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar