Valverde: “Meni istefo bezovta qilmayapti”
03 noy 2019 07:20
Yangiliklar
Valverde: “Meni istefo bezovta qilmayapti”
“Barselona” bosh murabbyi Ernesto Valverde jamoasi La Liga doirasida “Levante”ga (1:3) imkoniyatni boy bergan bo'lsada, istefoga chiqishdan bezovta bo'lmasligini malum qildi.
“Tan olish lozim, safar o'yinlarida jamoamizda muammolar borligi ko'zga tashlanib qolmoqda. Ilgari aytganimdek, safar uchrashuvlarida yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati meni qoniqtirmayapti. Bunday o'yinlarga jiddiy etibor bilan yondashish lozim. Kutilmagan istefo meni zarracha cho'chitayotgani yo'q va men kelajakka ishonch bilan qarayapman”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.
Kechagi uchrashuvdagi mag'lubiyatga qaramay “Barselona” La liga turnir jadvalida 22 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ko'k-anorranglilar chempionat doirasida navbatdagi uchrashuvni 9 noyabr kuni o'z maydonida “Selta”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Fikrlar