Valverde: "LaLiga taqvimi "Barselona"ga qarshi ishlamoqda"

Aslanov Jasurbek
1 mar 2018, 16:10
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde LaLigadagi adolatsiz taqvim borasida etiroz bildirdi.

"Bu haftadagi taqvim og'ir va bizga qarshi ishlamoqda. Ushbu mavzu borasida savollar ko'p. Bu sport nuqtayi nazaridan hech kimga yordam bermaydi.

Biz "Atletiko"dan bir kun keyin o'ynaymiz, buning ustiga uzoqroqqa uchamiz. To'g'ri, bu "Atletiko"ning aybi emas.

Har qanday holatda ham, bunga LaLiga javobgar. Masuliyat ularning bo'ynida" - deydi Valverde.

"Barselona" bugun LaLiga doirasida "Las-Palmas" mehmoni bo'ladi, 4 mart kuni esa "Atletiko"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana