Valverde istefoga chiqishi mumkin
30 sen 2018 15:14
Yangiliklar


Valverde istefoga chiqishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde istefoga chiqish xavfi ostida turibdi.
Football Espana xabariga ko'ra, 54 yoshli mutaxassisning kelajagi jamoaning yaqinlashib kelayotgan o'yinlariga bog'liq. Buning uchun "Barselona" "Tottenxem" va "Valensiya"ga qarshi bahslarda g'olib bo'lishi kerak.
Kataloniya superklubi so'nggi uch o'yinda g'alaba qozona olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar