Valverde: "Agarda g'alabalar bo'lmasa, ishdan ketaman"
02 jan 2019 23:29
Yangiliklar
Valverde: "Agarda g'alabalar bo'lmasa, ishdan ketaman"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoadan ketishi mumkinligini inkor qilmadi.
"Bu futbol. Keyingi mavsumda nimalar bo'lishini bilmayman. Agarda uzoq vaqt g'alabalar bo'lmasa, barcha etibor murabbiyga qaratiladi. G'alabalar bo'lmasa, ishdan ketishga tayyorman. Ammo qo'yilgan vazifani bajarishga harakat qilaman", - dedi murabbiy.
Valverde 2017 yilda "Barselona" bosh murabbiyligini o'z qo'liga olgandi. Uning boshchiligidagi jamoa mamlakat chempionligi, Ispaniya kubogi va superkubogini qo'lga kiritdi.
Bu mavsumda 37 ochko jamg'argan "Barsa" Ispaniya chempionatining peshqadami bo'lib turibdi.
Fikrlar