So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko'rsatmasini to'g'ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin" Yangiliklar

Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko'rsatmasini to'g'ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin"

Olmaliqning AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida o'yin o'tkazish uchun bugun Saudiya Arabistoniga yo'l oldi.

Pley-offda safarda "Al Garafa"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan AGMK "A" guruhida "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Istiqlol" (Tojikiston), "SHabab Al Ahli" (BAA) jamoalari bilan bellashadi. Biz esa bu borada oldindagi uchrashuvlar oldidan jamoaning mahoratli darvozaboni Valijon Rahimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Pley-off doirasidagi "Al Garafa"ga qarshi o'yin faoliyatingizdagi xalqaro maydondagi ilk uchrashuv bo'ldi. Ushbu uchrashuvda qanday hissiyotlar va kechinmalar o'tdi?

- Ushbu tarixiy g'alabaning shuquhi va kayfiyati hali tark etgani yo'q. Mazkur natijadan barcha olmaliqlik va qashqadaryolik futbol muxlislari ko'proq xursand bo'lishdi, deb o'ylayman. Murabbiylarimiz raqibning so'nggi o'yinlarini diqqat bilan o'rganib chiqqan holda kerakli ko'rsatmalarni berishgandi. Xudoning qudrati bilan so'nggi daqiqalarda g'alaba to'pini kiritdik va maqsadimizga erishdik. Endi navbat guruh bosqichi o'yinlariga. Bevosita hissiyotlarga to'xtaladigan bo'lsam, Saudiya Arabistoning borishimizni barchamiz qattiq istagandik. Muqaddas ramazon oyida Makkaga yaqin joyda bo'lish qanday baxt ekanligini o'ylab ko'ring. Xudoga shukur orzuimiz amalga oshadigan bo'ldi. 

- O'tgan mavsumdagi ishonchli o'yinlaringizdan so'ng muxlislar sizni o'zi uchun kashf qilgandi. Bu yil esa masuliyat ikki hissa yuqori bo'lishi tabiiy. Bo'lajak o'yinlardagi bosim va qiyinchiliklarga tayyormisiz?

- Futbolda darvozabonda masuliyat nihoyatda yuqori bo'ladi. SHuni his qilgan holda murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman. 

- AGMKning guruh bosqichidagi raqiblari kuchli va nomdor ekanligi barchaga malum. Ayniqsa "Al Hilol"ni ortiqcha tariflash shart emas. Jamoa nimaning evaziga Saudiya Arabistoni klubidan ochko tortib olishi mumkin?

- To'g'ri takidladingiz. "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalari qatoriga kiradi. Bu - futbol, unda hamma narsa ro'y berish ehtimoli bor. Oldindan hech narsa deb bo'lmaydi. Murabbiylarimizni ko'rsatmalarini to'g'ri bajargan holda, kuchli xohish hisobiga xudo xohlasa engishimiz mumkin. Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev to'p tepayotgan "SHabab Al Ahli" jamoasini ham kuchsiz demagan bo'lardim. Ular yaqinda BAA Liga kubogida zafar quchishdi. Umuman olganda barcha o'yinlar shiddatli va murosasiz kechishini oldindan taxmin qilsa bo'ladi. 

- Ushbu uchrashuvlarga tayyorgarlik qanday bo'lmoqda?

-  Yuqori kayfiyatda tayyorgarlik davom etmoqda. Biz O'zbekiston nomidan maydonga chiqamiz. Xudo xohlasa yaxshi natijalar qayd etib, ortimizga yorug' yuz bilan qaytishga harakat qilamiz. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика