So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Vali Sultonov: “Orol” jamoasi ustidan g'alaba qozonganimizdan xursandmiz" Yangiliklar

Vali Sultonov: “Orol” jamoasi ustidan g'alaba qozonganimizdan xursandmiz"

Teglar :  XorazmVali Sultonov
Kecha birinchi liga jamoalari 17-tur doirasida bir nechta uchrashuv o'tkazishdi.

Jumladan, Urganch shahrining “Xorazm” jamoasi safarda “Orol” jamoasi bilan kuch sinashdi. Bu o'yin urganchlik futbolchilarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi. Uchrashuv tugagach, mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonovning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

- Qo'shni hudud, yani Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining bosh jamoalari o'rtasidagi bellashuv azal-azaldan murosasiz o'tishi bilan malum, - deydi V. Sultonov. – Hoh Nukusda, hoh Urganchda bo'lsin mazkur jamoalarning o'zaro bahsi o'ziga xos derbiga qiyoslanadi. Bu hol jamoalarimiz o'rtasidagi o'yinning doimo hujumkor va keskin o'tishi bilan isbotini topadi. Mavsum boshida o'z maydonimizda nukuslik futbolchilarni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandik. SHu jihatdan, safardagi uchrashuvimizda mezbonlar revansh olishga intilishini bilardik. SHularni hisobga olib, tayyorgarlik ko'rgandik. Say-harakatlarimiz besamar qolmadi. Joriy yilgi mavsumdagi ikkinchi uchrashuvda ham qo'limiz baland keldi. Bundan xursandmiz, albatta. Umuman, “Orol” bilan kechadigan mazkur o'yinni sariq kartochkalari tufayli asosiy darvozabonimiz G'ayrat O'daev o'tkazib yuborishi lozim edi. Bu bizga muammo tug'dirardi. SHu kuni uni o'rnini zaxira darvozabonimiz Ravshan Jumaniyozov egalladi. U hali yosh bo'lishiga qaramay, ishonchimizni oqladi. Umuman, barcha futbolchilarimiz o'zlariga topshirilgan vazifani munosib uddalashdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, uzoq yo'l bosib Nukusga kelib “Xorazm” jamoasini qo'llab-quvvatlagan ko'p sonli muxlislarimizga ham rahmat aytaman va ularni jamoamizning navbatdagi yutug'i bilan tabriklayman.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика