So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  0 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  19 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  12 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

Vali Sultonov: “Andijonga 11 nafar futbolchi bilan kelishga majbur bo'ldik” Yangiliklar

Vali Sultonov: “Andijonga 11 nafar futbolchi bilan kelishga majbur bo'ldik”

Kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich, 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Jumladan Andijon shahrida “UzDongJu” klubi raqibi “Xorazm”ni qabul qildi va 5:2 hisobida zafar quchdi.

O'yindan keyin urganchliklar ustozi Vali Sultonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Kecha tunda 1500 km yo'l bosib, Andijonga etib kelgandik. Tabiiyki yigitlarda charchoq alomatlari bor edi. Qolaversa bu erga 11 nafar futbolchi bilan kelishga majbur bo'ldik. Negaki, tarkibda turli sabablarga ko'ra yo'qotishlar mavjud edi. Jaroxatlar ko'payib ketdi. Xususan asosiy hujumchimiz Nizomjon Norov betob bo'lib qolgani tufayli, jamoaga yordam bera olmayapti. Uning yo'qligi juda bilinyapti. Lekin bu bilan mag'lubiyatga bahona qilmoqchi emasman.

- O'zingiz ham kuzatdingiz, ayrim futbolchilarimiz jismonan toliqib qoldi. Afsuski zaxirada hech kim yo'q edi. SHunga qaramay yigitlar ochko olish maqsadida bor kuchini berib o'ynadi.

- Andijonga 11 nafar futbolchi bilan kelib, o'ynab ketishimizning boisi moliyaviy muammolar bilan bog'liqdir. G'alaba bilan qaytish uchun safar o'yiniga 1-2 kun oldinroq borib, jiddiy tayyorgarlik ko'rsangiz shundagina maqsadga erishish mumkin bo'ladi. Biroq ayni damda bizda bunday imkoniyat yo'q.

- Yashirib o'tirmoqchi emasman, 2ta oylik va 8ta mukofot pullari bo'yicha qarzdorlik bor. Safar o'yinlariga imkon qadar bir amallab borib kelmoqdamiz. Agarda futbolchiga oylik maoshlarini o'z vaqtida berib tursangiz, keyingina ulardan natija talab qilish osonlashadi. Hozir bizda aksincha xolat.

- Davralar oralig'ida tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdik. Tajribali futbolchi Renat Bayramovga o'zimiz javob berib yubordik. U o'zidan kutilgan narsani ko'rsatib bera olmadi. SHu bois yoshlarga imkoniyat berishga qaror qildik.

- Tarkibning o'zagini mahalliy futbolchilar tashkil etadi. SHu bois o'yindan bir kun yig'ilamiz. Doimiy tarzda mashg'ulot o'tkazib, ishlash uchun esa sharoit yo'q. Qolgan viloyatlik futbolchilarimiz esa asosan o'yin kuni etib kelishadi. SHunga qaramay jamoamizning turnir jadvalida egallab turgan o'rni qoniqarli deyish mumkin.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика